Jamiyat

Toshkent "bosh militsioneri": Oʻzbekiston ichki ishlar xodimlari fuqarolar hayotini qadrlaydi

© Sp;utnik / Dilshoda RaxmatovaNachalnik GUVD Tashkenta Rustam Djurayev
Nachalnik GUVD Tashkenta Rustam Djurayev - Sputnik Oʻzbekiston
Amerikada politsiyachilar tomonidan "Tez tibbiy yordam" seriali qahramoni Vanessa Markes oʻz xonadonida otib oʻldirildi. Oʻzbekistonda huquq-tartibot organlari xodimlarining qurol ishlatishga munosabati haqida Toshkent IIBB rahbari fikrlarini eʼtiboringizga havola qilamiz

TOSHKENT, 1 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Kaliforniyada politsiyachilar "Tez tibbiy yordam" serialida suratga tushgan aktrisa Vanessa Markesni uning Los-Anjeles yaqinidagi kvartirasida otib oʻldirdi, deb xabar qildi Los Angeles Times.

Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkent shahrida ikki bezori militsiya xodimini kaltakladi

Maʼlum boʻlishicha, Pasadina politsiyasi xodimlari ruhiy kasallik bilan ogʻrigan 49 yashar aktrisaning uyiga kvartira egasining chaqiruvi tufayli kelganlar. Aktrisa hayotidan tashvishlangan erkak politsiyachilarga qoʻngʻiroq qilgan boʻlgan.

Tartib posbonlari va psixiatr-shifokorlar 1,5 soat davomida aktrisani shifokorlardan yordam olishga koʻndirishga urinishgan. Suhbat jarayoni davomida Markes pnevmatik toʻpponchani qoʻliga olgan va uni politsiyachilarga toʻgʻirlagan, qurolni haqiqiy deb oʻylagan politsiyachilar aktrisaga qarata oʻt ochishgan.

Shu oʻrinda, hafta boshida Mirobod tumani aholisi bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Toshkent shahar IIBB rahbari general-mayor Rustam Joʻrayevning Oʻzbekiston ichki ishlar xodimlari vakolatlari toʻgʻrisida bildirgan fikrlarini keltirib oʻtaman.

Joʻrayev jurnalist tomonidan berilgan "Ichki ishlar vakili va fuqaro munosabati" toʻgʻrisidagi savolga javob berar ekan, ichki ishlar organlari xodimlari - bu hukumat vakillari ekanini, shu bois, xizmat vazifasini oʻtayotgan yoʻl-patrul xizmati yoki boshqa ichki ishlar xodimlarida fuqarolarga nisbatan qandaydir savollar tugʻilishi tabiiyligini va bu savollarni fuqarolar inkor etmasliklari lozimligini taʼkidladi.

Nochnoye  avtomobilnoye dvijeniye v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Avtomobillar tirbandligi yuzaga kelganda nima qilish kerak – IIBB rahbari javobi

"Mening fikrim shunday, oʻzini hurmat qiladigan fuqaro, birinchi navbatda talablarga boʻysunishi lozim. Bu talablar qanchalik nooʻrin yoki notoʻgʻri tuyulmasin, fuqaro boʻysunishi kerak. Deylik, agar oʻtish soʻralgan boʻlsa - oʻtish kerak, yoki deylik toʻxtash soʻralgan boʻlsa, toʻxtalishi lozim. Agar qandaydir savollar berilgan boʻlsa, ularga javob berish kerak", - deb aniqlik kiritdi Toshkent IIBB rahbari.

General-mayorning aytishicha, agar mana shundan soʻng fuqaro huquqni muhofaza qilish organi xodimi harakatlaridan norozi boʻladigan boʻlsa, oʻrnatilgan tartibda shikoyat qilishga haqli.

"Marhamat, agar organ xodimi harakatlarini notoʻgʻri deb oʻylasangiz, ariza bilan murojaat qiling. IIBB yoki oʻz navbatida prokuratura organi xodimlari tomonidan fuqarolarning arizalari har bir holat boʻyicha alohida koʻrib chiqiladi", - deb ishontirdi u.

IIBB rahbariga koʻra, mana shundagina huquq-tartibot organi xodimlari va fuqarolar bir-birini tushuna boshlaydilar va bu kabi holatlar allaqanday "hodisa"ga aylanib ketmaydi.

"Baʼzida fuqarolarning noroziliklari, ayniqsa ular mast holatda boʻlishsa, nafaqat maʼmuriy huquqbuzarlik, balki jinoiy javobgarlik chegarasidan ham oʻtib tushadi. Afsuski, ichgan yoki ichmagan, rozi yoki norozi fuqarolar tomonidan ichki ishlar xodimlariga tan jarohatlari yetkazilgan holatlar boʻlgan va bu mutlaqo nomaqbul", - dedi ichki ishlar xodimi hatti-harakatlariga oʻrnatilgan tartibda baho berilishi kerakligini yana bir bor eslatgan Joʻrayev.

Militsiya patrul mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tekin toʻn qimmatga tushar: militsiya xodimlari halol mehnatga chaqirildi

U shuningdek, AQShda politsiyachilarga qarshilik koʻrsatmoqchi boʻlganlar politsiyachilar tomonidan otib oʻldirilishi kabi holatlarini misol keltirdi va Oʻzbekistonda fuqaroga nisbatan, hatto u keskin qarshilik koʻrsatsa-da, qurol ishlatilmasligini alohida taʼkidladi.

 "Bizning xodimlarimiz oxirigacha bu singari holatlarni qurolsiz hal etishga harakat qiladilar. Oʻzbekiston Ichki ishlar xodimlari yonida tabel qurolga ega boʻlsa-da, ortiqcha undan foydalanmaslik uchun zarbani oʻziga qabul qilishga harakat qilishadi. Koʻryapsizmi? Axir bu xalqga nisbatan, insonga, uning hayotiga nisbatan hurmat emasmi?!", - deya jurnalistlarning oʻziga savol tashladi Rustam Joʻrayev va afsus bilan bu kabi holatlar koʻpincha notoʻgʻri talqin qilinishini qoʻshimcha qildi.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala