Dunyoda

Oʻzbekiston fuqarosi jomadon ichida Turkiya chegarasidan oʻtmoqchi boʻldi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovVtoroy vserossiyskiy festival Jiguley "Ji-Fest"
Vtoroy vserossiyskiy festival Jiguley Ji-Fest - Sputnik Oʻzbekiston
Gruziya fuqarosi 27 yoshli oʻzbekistonlik qizni chemodanda Turkiyaga olib oʻtayotganda qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Gruziya – Turkiya davlat chegarasida turkiyalik chegarachilar Gruziya fuqarosi jomadonidan nolegal sayohatchi topib olishdi, deb xabar qilmoqda Novosti – Gruziya portali.

Pogranichnik na uchastke granitsы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Buxorodan Turkmanistonga oʻtadigan chegara posti ochildi

Voqea “Sarpi” chegara-nazorat punktida sodir boʻlgan. 24 yoshli Gruziya fuqarosi oʻzi bilan olib oʻtayotgan ulkan jomadon Turkiya chegarachilarida shubha uygʻotgan. Chegarachilar uni ochishni talab qilishgan.

Jomadon ochilganda uning ichidan chegarani noqonuniy kesib oʻtayotgan sayohatchi – 27 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi topib olingan. Keyin maʼlum boʻlishicha, ushbu fuqaroga Turkiya hududiga kirish 5 yilga taʼqiqlangan boʻlgan.

Ushbu qonunbuzarlik yuzasidan Turkiya politsiyasi tomonidan ushbu ikki fuqarolarga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala