Jamiyat

Aleksandr Lukashenko Toshkentga yetib keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko pribыl s ofitsialnыm vizitom v Tashkent
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko pribыl s ofitsialnыm vizitom v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Belarus prezidenti 12-14 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Xalq Soʻzi nashri.  

"Aleksandr Lukashenkoni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib oldi", - deyilgan xabarda.

Belarus prezidenti 12-14 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi.

Aleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezidentlar doʻstligi - davlatlar doʻstligi: Toshkent va Minsk munosabatlari haqida

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikka doir keng koʻlamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investitsiya, fan va taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti, Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali doʻstona aloqalarga yangi surʼat baxsh etishga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala