Analitika

Forma mojarosi, Shermatovdan norozi Qudratxodjayev va tomosha kutayotgan "Oʻqituvchi"

© Mejdunarodnыy press-klubSherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya
Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov oʻz faoliyati boshida jurnalistlardan muhim masalalarga eʼtibor qaratish, oʻqituvchilar obroʻsini koʻtarishda koʻmaklashish va dars jarayoniga halal bermaslik borasida iltimos qilgan. Ammo vazirga quloq tutishmadi

Sentyabr oyining 10-sanasida Xalqaro Press klub "Taʼlim sohasidagi tub islohotlar davrida ijtimoiy masʼuliyat va muammolarning zamonaviy yechimlari" mavzusidagi navbatdagi sessiyasini oʻtkazgan. Oradan ikki kun oʻtib sessiya davomidagi maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilarining formasi masalasi aks etgan videolavha "Oʻzbekiston 24" telekanali orqali efirga uzatilgan. 

Bugunga kelib, XPK raisi Sherzod Qudratxodjayev Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovdan noroziligi, ota-onalar "Oʻzbekiston 24"ni sudga bermoqchiligi, telekanal esa ishorani toʻgʻri XPKga koʻrsatayotgani telegrammdagi xalq taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal "Oʻqituvchi"da maʼlum qilindi.

Xalq taʼlimi vaziridan birinchi tarsaki

10-sentyabr kuni XPKning oʻsha, bugun shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan sessiyasida spikerlardan biri sifatida ishtirok etgan XTV rahbari Sherzod Shermatov 14-sentyabr kuni "Feysbuk"dagi akkauntida "tsivilizatsiyalashgan jamiyat shaxsning, ayniqsa, bolalarning omma oldida kamsitilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin emas", degan bayonot bilan chiqdi.

"...Hammamiz oʻqituvchilar obroʻsini qoʻllab-quvvatlashga harakat qilayotgan bir paytda oʻquvchilar formasi masalasidan oʻqituvchining kiyimiga oʻtish notoʻgʻri boʻldi, deb oʻylayman. Hozir yuqori malakali oʻqituvchilarni topish shundoq ham qiyin. Bundan tashqari, televideniye orqali kimnidir uning roziligisiz salbiy maʼnoda koʻrsatayotgan paytda ularni tanib olish mumkin boʻlmasligi uchun, yuzlarini yopish zarur. Tsivilizatsiyalashgan jamiyatda shaxsning, ayniqsa, bolalarning omma oldida kamsitilishiga yoʻl qoʻyish mumkin emas!", - deb oʻz fikrini bayon etgan vazir.

...Xalq taʼlimi vaziri etib tayinlangan Sherzod Shermatov oʻz faoliyatining birinchi haftasi yakunida jurnalistlar bilan muloqot qilgan va oʻz chiqishi davomida yangi rahbar sifatida birinchi galda "24 yil davomida xohlagan ishi bilan shugʻullanib kelgan" vazirlik endilikda oʻz tamoyillarini belgilab olgani, taʼlim strukturasi sifat, adolat va shaffoflik tamoyillari asosida ish olib borishini aytgan edi.

Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Birgalikda oʻqituvchilarimiz obroʻsini oshirishga harakat qilaylik - Shermatov

Shermatov jurnalistlar bilan savol-javobga oʻtish oldidan shuningdek, ulardan ikki narsani shaxsan iltimos qilgandi: birinchisi, jamiyatda yillar davomida obroʻsi tushib kelgan oʻqituvchilarning obroʻsini oshirish masalasi va ikkinchisi, ziyoli shaxslarning jamiyatdagi obroʻsini oshirish masalasi.

Iltimosdan keyin jurnalistlar bilan savol-javobga oʻtgan vazir forma borasida berilgan savolga javoban, bugungi kunda taʼlim tizimida "ancha muhimroq boshqa muammolar borligi va jurnalistlar ana shu jihatlarga eʼtibor qaratishsa yaxshi boʻlishini" aytgan edi.

Shuningdek, maktablarga dars jarayonini nazorat qilish uchun borish istagida boʻlgan jurnalistga javoban dars jarayoniga halaqit bermaslik kerak, degan fikrdaligini aytgan edi.

Aslida ahvol qanday?

Sherzod Shermatov oʻz faoliyatining avvalida, qolaversa, XPK sessiyalaridagi keyingi chiqishlarida ham bir gapni bot-bot takrorlab keladi: "Taʼlim tizimi oldida turgan muammolar yillar davomida toʻplanib kelgan. Men sizlarga ularni bu yil hal etaman deb vaʼda bersam yolgʻon gapirgan boʻlaman"...

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Majburiy ushlanmalar, oʻta past oylik – vazir xalq taʼlimidagi muammolar sababini aytdi

Haqiqatda, Oʻzbekiston maktablarida bugungi kunda taʼmirlash ishlari yakuniga yetmagan, direktori hali saylanmagan, eng muhim fanlardan oʻqituvchilari boʻlmagan, oʻquvchilar uchun toʻgaraklar tashkil qilinmagan va boshqa oʻz yechimini sabot bilan kutayotgan muammolar talaygina. "Maktab fondi" yoki pul yigʻimi singari masalalar ham javobsiz savol tariqasida maktab shiftlarida muallaq turibdi.

Sputnik muxbiri Toshkent viloyatlaridan birida oʻqituvchi boʻlib ishlaydigan A.R. bilan yangi oʻquv yilida roʻy bergan oʻzgarishlar masalasida muloqotda boʻldi.

Oʻqituvchi talab qilmoqda: darsimga halal berishmasin

Oʻqituvchi oʻquv yili boshlanganiga hali 2 hafta ham toʻlmaganini, ammo dars oʻrtasida oʻquvchilar fikrini toʻzgʻitib kirib keladigan "sʼyomkachilar"dan charchaganini tan oladi.

Muxammadjon Kodirov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻqituvchi zoʻrgʻa yuribdi, uni hurmat qilish kerak - dotsent Qodirov yangi qarorga izoh berdi

"Mahalla noziri, xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari darsning 15-daqiqasida kirib kelish "odatlari" ochigʻi menga umuman yoqmaydi. Televideniye xodimlari ham kelib ikki marta suratga olib ketishdi. Tasavvur qiling, men 6-sinflarga ingliz tilidan dars oʻtaman. Birinchi dars davomida oʻquvchilarim menga shu vaqtgacha hech kim ularga bu fandan dars oʻtmaganini aytishgan. Yaʼni bolalar 6 yil davomida ingliz tilini mutlaqo oʻrganishmagan. Men ularga 6-sinf programmasini qanday oʻtaman? Ishni tabiiyki alifboni oʻrgatishdan boshladim. Dars 45 daqiqa davom etadi, men bu oraliqda ham dars oʻtib, ham bolalarni savol-javob qilishga ulgurishim kerak. Darsimga hech kim kirib halal berishini xohlamayman. Chunki oʻsha inspektor va boshqalar kamida 15 daqiqa vaqtimni olishadi. Agar oʻquvchilarga aytadigan gaplari boʻlsa, dars boshlanmasidan bajarishsin oʻz vazifalarini", - deydi oʻqituvchi.

Jurnalistika universiteti rektori nima deydi?

XPK rahbari Sherzod Qudratxodjayev, vazir Shermatov formadan ham muhimroq masalalar bor, deganida haqligini biroq press-klub rahbari vazirning baʼzi fikrlariga qoʻshilmasligini ham ochiq-oydin bildirdi, deb maʼlum qiladi telegrammdagi "Oʻqituvchi" kanali "Gazeta.uz" nashriga tayangan holda.

V Tashkente v ramkax zasedaniya Mejdunarodnogo press- kluba obsudili voprosы obespecheniya obщeobrazovatelnыx shkol uchebnikami v novom uchebnom godu.  - Sputnik Oʻzbekiston
XTV maktab darsliklaridan onlayn foydalanish xizmatini yoʻlga qoʻydi

"Nima uchun u oʻsha kuni indamadi? Men uning fikrlariga qoʻshilmayman. Bu bolalarni omma oldida kamsitish emas. Biz maktablardagi haqiqiy ahvolni koʻrsatdik. Agar jamiyat buni shunday qabul qiladigan boʻlsa, demak, bu jamiyatning muammosi. Nima uchun bolalarning yuzini yashirib qoʻyish kerak? Biz yuzlarni yashirib qoʻyish orqali kimnidir tahqirlashni istamaymiz, ular jinoyatchilar emas. Biz ularni ayblayotganimiz yoʻq".

Taʼkidlanishicha, nashr vakillari Qudratxodjayevdan maktab hududida tasvirga olish uchun ruxsatnoma bormidi, deb soʻrashganida, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar rektori "Bu — davlat maktabi. Davlat teleradiokompaniyasi esa uni tasvirga olyapti. Kimdan ruxsat soʻrash kerak?", — deb javob bergan.

"Oʻzbekiston 24" telekanali direktori oʻrinbosari Haydar Hasanov bu lavhaga televideniyening aloqasi yoʻq, Xalqaro press-klub bilan gaplashaveringlar, qabilida javob qaytargan.

Qizigʻi, 110-maktab direktori yuz bergan holat boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligiga shikoyat yozmoqchi, lavha davomida koʻrsatilgan oʻquvchilarning ota-onalari esa bu holat uchun "Oʻzbekiston 24" telekanalini sudga bermoqchiligini maʼlum qilgan "Oʻqituvchi kanali", buyogʻi qiziq boʻladi, shekilli, deb yozadi maqola yakunida.

Xalq taʼlimi xodimlari uchun maxsus kanal katta tomosha ilinjida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala