Iqtisod

Oʻzbekiston oʻz tekstil mahsulotlarini Belarusga yetkazib berish hajmini kengaytiradi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishTekstilnыe fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnыe fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Belarus rasmiy delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi davomida hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarida 19ta hujjat imzolandi

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi binosida 13 sentyabr kuni oʻzbek tekstil mahsulotlarini Belarus Respublikasi bozoriga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Mejregionalnыy uzbeksko-belorusskiy biznes-forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Belaruslar Oʻzbekistonga nima bilan kelishdi

B2B formatida oʻtgan uchrashuvda Belarusning "Bellegprom" kontserni vakillari, "Mogoteks", "Svitanak", "BPXO" OAJ, "Kamvol" OAJ, "Lenta" OAJ, "Belkredo" OAJ, "Konte Spa" kompaniyalari hamda Oʻzbekistondagi mahalliy korxonalar vakillari qatnashdilar va "Oʻztekstilsanoat" mahsulotlarini Belarusga yetkazib berish masalalarini muhokama qildilar.

Eslatib oʻtamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi davomida mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish, xususan, tekstil, oziq-ovqat, hayvon yetishtirish, meva-sabzavotlarni qayta ishlar, farmatsevtika sohalarida aniq kelishuvlarga erishilgan edi.

Tashrif davomida, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarida 19ta hujjat imzolangan. Bundan tashqari, 12 sentyabr kuni oʻtkazilgan biznes-forumda umumiy hajmi 230 million dollardan ortiq yangi kontrakt va bitimlar tuzilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala