Jamiyat

Abdusalom Azizov AQSH harbiy delegatsiyasini qabul qildi

© Press-slujba Ministerstva oboronы UzbekistanaAbdusalom Azizov vstretil voyennuyu delegatsiyu Natsionalnoy gvardii SSHA
Abdusalom Azizov vstretil voyennuyu delegatsiyu Natsionalnoy gvardii SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston mudofaa vaziri AQShning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi delegatsiyasini kutib oldi.

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov AQSH Milliy gvardiyasi delegatsiyasini kutib oldi, deb xabar qilmoqda MV matbuot xizmati.

Bugun, 18 sentyabr kuni mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni – shtat gubernatori oʻrinbosari, general-mayor Jeyson Boylz boshchiligidagi harbiy delegatsiyani kutib oldi. 

Nomer avtotrasporta Ministerstva oboronы - Sputnik Oʻzbekiston
Mudofaa vazirligi avtoraqamlarni oʻzgartirmoqda

Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Oʻzaro manfaatli hamkorliklarni kuchaytirish hamda Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni taʼminlash borasida fikrlar almashildi. 

Suhbat davomida ikki mamlakat orasida har tomonlama va koʻp tarmoqli hamkorlikni rivojlantirishda joriy yilning may oyida Amerika Qoʻshma Shtatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki davlat hamkorligi uchun katta yutuqlar zaminini yaratganini aytib oʻtdi. 

Shundan keyin mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasining vazifa va faoliyati hamda malakali harbiy kadrlarni yetishtirishda zamonaviy yondashuvlar, kursantlarning taʼlim olishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

© Press-slujba Ministerstva oboronы UzbekistanaAbdusalom Azizov vstretil voyennuyu delegatsiyu Natsionalnoy gvardii SSHA
Abdusalom Azizov AQSH harbiy delegatsiyasini qabul qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Abdusalom Azizov vstretil voyennuyu delegatsiyu Natsionalnoy gvardii SSHA

Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oʻtgan yildan boshlab xorij davlatlari mudofaa idoralari bilan oʻzaro hamkorligi yangi bosqichga koʻtarildi.

Mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik doirasidagi chora-tadbirlar koʻlami tobora kengayib, oliy harbiy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilar, koʻp yillik xizmat tajribasiga ega ofitserlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, dolzarb yoʻnalishlardagi izlanishlar xorij tajribasiga tayangan holda amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala