Video

Rahmon Mirziyoyev, Putin va boshqa prezidentlarni MDH sammitida nima bilan mehmon qildi

Dushanbeda MDH davlatlari sammiti ochilishi arafasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon doʻstlik kechasini tashkillashtirdi. Tadbirda Hamdoʻstlik mamlakatlari yetakchilari uchun norasmiy muhitda oʻzaro suhbatlashish imkoni yaratildi

Prezidentlarning aksariyati ikkiyoqlama uchrashuvlar va tadbir davomida rejalashtirilgan qator boshqa uchrashuvlarni oʻtkazish maqsadida tojik poytaxtiga payshanba kuni ertalab yetib kelishgan edi.

Dushanbega eng oxirgi boʻlib Vladimir Putin yetib keldi.

ress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik Oʻzbekiston
Peskov Putinning Oʻzbekistonga safariga tayyorgarlik xususida maʼlumot berdi

Mehmonlarni anʼanaviy shohona sharqona dasturxon kutar, atrofda uyum-uyum boʻlib turgan mevalar kechki tamaddiga oʻziga xos joziba baxsh etardi.

Emomali Rahmon mezbon sifatida markazdan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yonidan joy olgan edi.

Vladimir Putin Markaziy Osiyo mamlaktlari yetakchilari - Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyevlar oʻrtasida joylashdi.

Dushanbedagi uchrashuvga Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhammedovgina kelmadi.

Ashxobod tomondan MDH davlatlari sammitida fan va taʼlim sohasini boshqaruvchi bosh vazir oʻrinbosari Purli Agamiradov qatnashmoqda.

MDH mamlakatlari yetakchilarining asosiy muzokaralari 28 sentyabr kuni oʻtkaziladi.

Ushbu doʻstlik kechasi qanday oʻtgani haqida Sputnik Tojikiston syujetida tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala