Jamiyat

Toshkent shahar IIBB yongʻin chiqmasligi uchun ehtiyotkorlikka chaqirdi

© MVD Respubliki UzbekistanPojar v Almazarskom rayone g. Tashkenta
Pojar v Almazarskom rayone g. Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga boʻlgan extiyoj ortib boradi.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Toshkent shahar IIBB yongʻin xavfsizligi qoidalarga rioya etish boʻyicha ogohlantirish berdi.

V Mirabadskom rayone Tashkenta proizoshlo vozgoraniye v torgovom tsentre - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yana bir yongʻin: Toshkentda doʻkon yonib ketdi

Ob-havoning keskin sovub ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga boʻlgan extiyoj ortib boradi.

Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning extiyotsizligi oqibatida koʻngilsiz xodisalar sodir boʻlishi mumkin.

“Mazkur xodisalarni oldini olish maqsadida gaz va elektr uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishingizni soʻraymiz:

- qoʻlbola va nosoz gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanmang;

- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yoʻriqnomasi talablariga rioya qiling;

- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi maxsulotlarni saqlamang;

- gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling;

- agarda gaz xidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darxol xonani shamollating xamda gaz xizmatiga xabar bering;

- isitish pechlari va ularning moʻrilarini sozligiga eʼtibor bering”, - deyilgan Toshkent IIBB xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala