Toshkent metrosidagi favqulodda holat yuzasidan axborot berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStansiya Amira Temura
Stansiya Amira Temura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poyezdlar qatnovining oraliq masofasi 17 daqiqani tashkil qildi.

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” Telegram kanali orqali Toshkent metrosidagi favqulodda holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Otkritie obshestvennogo tualeta v metropolitene - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metro bekatlarida umumiy hojatxonalar tashkil qilish taklif etildi

Xabarda aytilishicha, 11-oktabr kuni soat 14 dan 24 daqiqa o‘tganda Chilonzor metro liniyasining Olmazor bekatida 14-sonli mashrut bekatning aylanish joyiga kelganda texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan.

Undan keyin kelayotgan poyezdlarni aylantirish imkoniyati bo‘lmagan.

Shu sababli metrodagi poyezdlar harakat jadvalini saqlash hamda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, shuningdek, poyezdlar oralig‘idagi masofa cho‘zilib ketishining oldini olish maqsadida Paxtakor bekatida vaqtincha poyezdlar ikkinchi yo‘lga aylantirilib, harakati tashkil qilindi.

Bu jarayonda poyezdlar qatnovining oraliq masofasi 17 daqiqani tashkil qildi. Yuz bergan texnik nosozlik jami 35 daqiqada bartaraf qilindi va metro poyezdlari yana o‘z jadvali asosida harakatini davom ettirdi. 

Yangiliklar lentasi
0