O‘zbekistonda yoshlar mehmonxonalari quriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBivshaya gostinitsa Tashkent
Bivshaya gostinitsa Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoshlar mehmonxonalarini kelgusi ikki yil davomida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. “Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Marg‘ilon va Toshkent shaharlarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar mehmonxonalari qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Xivada uch yil ichida 20ga yaqin mehmonxona quriladi

Qaror loyihasi muallifi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi. 

Qaror loyihasida qayd etilishicha, yoshlar mehmonxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish, jihozlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobidan amalga oshiriladi.

“Yoshlar mehmonxonalarida yoshlar turizmi uchun qulay infratuzilma va ijtimoiy obyektlarni tashkil etishni inobatga olgan holda ular xostellarga tenglashtiriladi”, - deyilgan loyiha matnida.

Yoshlar mehmonxonalarini kelgusi ikki yil davomida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Ushbu hujjat loyihasi 2-noyabrgacha muhokama qilinadi. 

 

Yangiliklar lentasi
0