Siyosat

Mariya Zaxarova Toshkentda: oʻzbekona lutf, ochiq javoblar va diplomat boʻlish siri haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVizit Ofitsialnogo predstavitelya MID RF Marii Zaxarovoy v Uzbekistan
Vizit Ofitsialnogo predstavitelya MID RF Marii Zaxarovoy v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Mariya Zaxarova Rossiya TIV axborot va matbuot departamenti direktori lavozimini egallaganidan buyon, uning har hafta oʻtkaziladigan brifinglari Rossiya va xorijiy OAVlarda tobora ommalashmoqda

TOSHKENT, 26 okt - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Rossiya diplomatiyasi "yuzi", Rossiya Tashqi ishlar vazirligi axborot va matbuot departamenti direktori, 1-toifali Favqulodda va Muxtor elchi - Mariya Zaxarova bugun xalqaro iqtisod va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.

Mariya Zaxarova talabalar toʻplangan zalga qadam qoʻyar ekan, Oʻzbekistonga har gal kelganida oʻzbekona lutf, mehmondorchilikdan boshqacha zavq olishi haqida soʻz ochdi va hozirgina dunyodagi eng mazali taomlar bilan uni siylashganini qoʻshimcha qildi.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Mariya Zaxarova oʻzbekcha libosda suratga tushdi

Zaxarova - Rossiya diplomatiyasi tarixida Rossiya TIV rasmiy vakili lavozimiga tayinlangan birinchi ayol. U ijtimoiy tarmoqlarda oʻta faol va aynan u oʻz rasmiy akkauntlarida yozib qoldiradigan postlardan chet el OAVlari tez-tez tsitatalar keltirib turishadi.

Toshkent xalqaro aeroportidan hayratlangan diplomat

Diplomatning aytishicha, samolyot trapidan Oʻzbekistonga ilk qadam qoʻyishi bilan Toshkent xalqaro aeroportining tanib boʻlmas darajada oʻzgarib ketganidan hayratlangan. 

"Men taajjublandim - bu nima, yangi aeroportmi, dedim hatto. Menga esa "Yoʻq, oʻsha, avvalgi aeroport deb javob berishdi", - deya taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi u.

Rossiya TIV vakilining soʻzlariga koʻra, u Oʻzbekistonga tunda uchib kelgan va roʻy bergan oʻzgarishlar tufayli aeroportni umuman taniyolmagan. Chiroqlardan tortib, taʼmirlash ishlarigacha hamma-hammasida katta oʻzgarishlar roʻy bergan...

Shoiralikka daʼvogar emasman...

Boʻlgʻusi diplomatlarga tanishtirilar ekan, egallab turgan lavozimidan tashqari, Mariya Zaxarova sheʼrlar hamda qoʻshiqlarga matnlar yozib turishi ham aytib oʻtildi. Rossiyalik diplomat oʻziga berilgan bu taʼrifga shunday javob qaytardi:

"Men sheʼr yozishga jiddiy qiziqish bilan qaramayman, shunchaki, koʻnglimda tugʻilgan satrlarni qogʻozga tushiraman. Anna Axmatova, Aleksandr Pushkinlarni haqiqiy shoir deyish mumkin, men esa shunchaki ermak qilaman".

Oʻzbekistonga tashrifidan maqsad

Zaxarova diplomatiya universiteti talabalari oldida nutq soʻzlar ekan, Oʻzbekistonga "maʼruza oʻqish uchun kelmaganligini" aytdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVizit Ofitsialnogo predstavitelya MID RF Marii Zaxarovoy v Uzbekistan
Mariya Zaxarova Toshkentda: oʻzbekona lutf, ochiq javoblar va diplomat boʻlish siri haqida - Sputnik Oʻzbekiston
Vizit Ofitsialnogo predstavitelya MID RF Marii Zaxarovoy v Uzbekistan

"Agar sizlar qarshi boʻlmalaringiz sizlar bilan savol-javob formatida muloqot qilar edim", dedi Rossiya TIV delegatsiyasi tarkibida kelgan diplomat.

Zaxarova universitetga taklif uchun minnatdorchilik bildirgan holda, tashrifidan maqsad - Rossiya va Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirliklari liniyasi boʻyicha ikkinchi maslahatlashuvlar boʻlganini, birinchi maslahatlashuv bir yil muqaddam oʻtkazilganini aytib oʻtdi.

Putinning Oʻzbekistonga tashrifi va ikkiyoqlama munosabatlar haqida

Mariya Zaxarova, universitet talabalari tomonidan berilgan Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlari, yaqinda boʻlib oʻtgan Rossiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi haqidagi savolga javob berar ekan, ikki davlat munosabatlari mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilganini qayd etdi.

Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Putin tashrifi maqsadi: Oʻzbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari

"Ushbu tashrif va uning doirasidagi muzokaralar ikkiyoqlama munosabatlarda tarixiy va juda muhim bosqich boʻldi, bu shubhasiz. Boʻlib oʻtgan jarayonga shunday tavsif berish eng toʻgʻri boʻlardi. Bu shunchaki protokol tashrif emas va u shunchaki rasmiyatchilik uchun amalga oshirilgani yoʻq. Ikkiyoqlama munosabatlarga yangicha sifat berildi. Oʻrtadagi strategik sheriklik haqida amal qiladigan hujjatlarni sanab oʻtmasdan, oddiy tilda gapiradigan boʻlsak, hozirda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqdi. Endilikda shu uchrashuvda boʻlib oʻtgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish kerak, xolos", - dedi diplomat.

Tramp, Jon Bolton va kabutarlar...

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar xalqaro siyosatga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Ushbu masala Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari eʼtiboridan chetda qolmadi.

Xususan, talabalardan biri Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga yaqinda AQSH prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha yordamchisi Jon Bolton Moskvaga uch kunlik tashrifni amalga oshirgani va bu uchrashuv pirovardida nimalar roʻy berishi mumkinligi haqida savol berdi.

Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya va AQSH munosabatlari zaharlangan, deb bayonot qildi Lavrov

Mariya Zaxarova savolga javob berar ekan, bu mavzuda juda koʻp gapirilganini aytdi va shu bilan birga tashrif haqiqatda "mazmunli" boʻlganini taʼkidladi. "Janob Bolton Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan uchrashdi. Lekin shu bilan birga u Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligida uchrashuv oʻtkazdi va shundan soʻng Bolton Rossiya prezidenti tomonidan qabul qilindi", - dedi Zaxarova va bu haqda turli ekspertlar fikri eʼlon qilingani, qolaversa uchrashuvlar davomida ikki mamlakat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari haqida kelishuv boʻlgani haqida qoʻshimcha qildi.

Zaxarova, shuningdek, Rossiya TIV rahbarining ushbu uchrashuv yakunlari yuzasidan bergan intervyusi toʻliq hajmda "Rossiya-1" telekanali orqali chiqishini maʼlum qildi.

Rossiya TIV vakilining aytishicha, Moskva va Vashington oʻrtasidagi munosabatlar qachon normal holatga kelishi haqidagi savollar juda koʻp beriladi. 

Ataka dronov na aviabazu Xmeymim - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya harbiy bazasiga hujum qilgan dronlarni AQSH boshqarib turgan

"Toʻgʻri taʼkidladingiz, koʻpgina global masalalarning yechimi mana shu ikkiyoqlama munosabatlarga bogʻliq. Afsuski, ular tomonidan xalqaro munosabatlarga "blok bilan yondashuv" koʻproq boʻladi. Va shunday vaqtlarda ularda xalqaro munosabatlarda demokratiya masalasi oʻrtaga tashlanmaydi, hatto. Biz esa hamkorlarimiz va qoʻshnilarimiz tashqi siyosatiga hurmat bilan yondashamiz. Bizlar koʻpchiligimiz bitta xalqaro tashkilotga aʼzoligimizga, misol uchun SHHTga aʼzoligimizga qaramay, tashqi siyosatdagi pozitsiyalarimizda boʻladigan farqlarga hurmat bilan munosabatda boʻlamiz. Baʼzan ayrim masalalarda qarashlarimiz ayro tushishi mumkin. Va bunday holatlar biz uchun normal hisoblanadi. U yerda (AQShda demoqchi) "blok yondashuv" amal qiladi, shu bois Rossiya va AQSH munosabatlari oʻziga xos "kamerton" boʻlib, Vashington oʻz sheriklarini shunga moslashtiradi", - dedi Zaxarova.

"Rossiya yaxshilash emas, balki ikki oʻrtadagi munosabatlarni yomonlashtirmaslikka tayyor edi. Biz har doim bir gapni takrorlaymiz va bu jumla balki meʼdaga ham tegib ketgandir: bu bizning tanlov emas. Ha, munosabatlarni yomonlashtirish bu bizning tanlov emas. Agressivlik, qoʻrqitish, shantaj darajasidagi tinimsiz tahdidlar... Har oyda turli xalqaro tashkilotlardan chiqish haqidagi tashabbuslar bilan biz chiqayotganimiz yoʻq. Lekin Amerika Qoʻshma Shtatlarida hozir mana shunday tarixiy jarayon kechmoqda. Biz uni "oʻzlikni anglash", deb xarakterlaymiz. Ehtimol bu ichki krizis holat tufayli yuzaga kelgandir. Shu bois biz buni ham tushunamiz. 

23 oktyabrya v gostinitse Hyatt Regency Tashkent sostoyalsya yejegodnыy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Katta poyga": Oʻzbekiston uchun Rossiya bilan kimoʻzarga bel bogʻlagan AQSH

Lekin biz munosabatlarni mutlaqo boshqacha qurish kerak, deb hisoblaymiz. Ular masʼuliyatga asoslangan boʻlishi kerak", - dedi diplomat.

Zaxarova 300 kunlab rasmiylashtirilayotgan vizalar masalasiga ham toʻxtaldi.

"Amerika Rossiya fuqarolari uchun vizalarni 300 kun davomida rasmiylashtiradi. Mayli tekshiruv jarayoni boʻlsin. Bu tekshiruv jarayoni qay tarzda amalga oshiriladi? Nima, rossiyaliklar anketalari kabutarlar oyoqlariga bogʻlanib Amerika Qoʻshma Shtatlariga uchirilmasa kerak? Bular barchasi kompyuterlashtirilganku", - deya fikrlarini bildirdi diplomat.

Diplomat boʻlish uchun...

Boʻlgʻusi diplomatlarni qanday qilib yaxshi diplomat boʻlish mumkinligi haqidagi savol ham qiziqtirmay qolmadi.

Zaxarova bu savol juda koʻp berilishini, jumladan Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovdan ham bu haqda koʻp soʻralishini taʼkidlagan holda quyidagilarni maʼlum qildi:

"Diplomatiya - bu eng avvalo kasb ekanligini anglab oling. Bu bilimingizga asoslangan mahoratdir. Bu kasb  bilim, professionallik va professional munosabatga asoslanadi", - dedi u.

Zaxarova yosh diplomatlarga oʻz vatani tarixi, jahon tarixini, xalqaro munosabatlar tarixini chuqur oʻrganishni, bundan tashqari odamlar bilan koʻproq muloqot qilib, murosa qilish sanʼatini kundalik hayotda charxlab borishni maslahat berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala