Jamiyat

Oqqoʻrgʻon voqeasida aybdor boʻlganlar javobgarlikka tortiladi – Bosh prokuratura

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bosh Prokuratura Oqqoʻrgʻon tumanida bir necha rahbarni tizzasigacha suvga tushirib jazolagan rahbarlarni javobgarlikka tortishga vaʼda berdi.

TOSHKENT, 29 okt – Sputnik. Bosh prokuratura Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida sodir boʻlgan holatni tekshirmoqda, deb xabar qildi “Xalq soʻzi” nashri.  

Bosh Prokuratura Oqqoʻrgʻon tumanida bir necha rahbarni tizzasigacha suvga tushirib jazolagan rahbarlarni javobgarlikka tortishga vaʼda berdi.

“Qatʼiy aytishimiz mumkinki, bunday holatning yuzaga kelishida aybdor boʻlgan shaxslar, mansabi va darajasidan qatʼiy nazar, tegishlicha javobgarlikka tortilishi taʼminlanadi“, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 27 oktyabr kuni Facebookdagi  “Xalq bilan muloqot” guruhida 

Fermerы, yakobы nakazannыe za nevыpolneniye plana po sboru xlopka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Ariqdagi oltovlon" kimligi aniqlandi
bir necha kishini ariq ichida tizzasigacha suvga botib turgan holda tasvirlangan fotosuratlar tarqalgan edi. Ushbu fotosuratda tasvirldangan holat borasida jamoatchilik keskin munosabat bildirgan edi.

Foydalanuvchilar, birinchi navbatda ana shunday “axmoqchilikka” yoʻl qoʻygan rahbarga nisbatan, ikkinchidan esa “togʻni ursa talqon qiladigan” yigitlarning gʻururi yoʻqligini tanqid qilishgan edi.  

Shundan soʻng Mehnat vazirligi ham oʻz rasmiy sahifasida ushbu ishning tafsilotlarini surishtirib, xabar joylashtirgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0