Dunyoda

AQShda Xellouin bayramida 5 yoshli bola giyohvandli shirinliklardan zaharlandi

© Sputnik / Anton Unitsыn / Fotobankka oʻtishParad po sluchayu prazdnika Xellouin v Nyu-Yorke
Parad po sluchayu prazdnika Xellouin v Nyu-Yorke - Sputnik Oʻzbekiston
Politsiya bola shu kecha terib olgan barcha shirinliklarni ekspertizaga joʻnatdi.

TOSHKENT, 1 noya - Sputnik. Ogayon shtatida besh yoshli Breylen Karuell Xellouin bayramida giyohvandli shirinliklardan zaharlanish oqibatida shifoxonaga tushdi. Bu haqda RIA Novosti WBNS-TV telekanaliga asosan xabar qildi.

Parad po sluchayu prazdnika Xellouin v Nyu-Yorke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xellouin bayramida IIV xodimlari qabristonlarni patrul qiladi

Bola shirinliklarni yigʻishib, uyga qaytganda oʻzini yomon his qila boshlaydi.

Bola otasi zudlik bilan uni shifoxonaga yuboradi. Analiz natijalariga koʻra bola siydigi tarkibida metamfetamin moddasi borligi aniqlandi.

Bolaning ota-otasi bu modda shirinliklar isteʼmol qilish oqibatida tushgan degan taxmin qilishmoqda. Biroq Breylen hech narsa isteʼmol qilmaganligini aytmoqda. Politsiya bola shu kecha terib olgan barcha shirinliklarni ekspertizaga joʻnatdi.  

Telekanal aniqlik kiritishicha, bola ota-onasi oldin narkoman boʻlishgan, biroq ularning soʻzlariga koʻra bir necha yil davomida taqiqlangan moddalarni isteʼmol qilishmaydi. Bola shifoxonada 7 soat vaqt oʻtkazib, shundan soʻng u uyga joʻnatildi.

Xelloun – Gʻarb mamlakatlarida har yili 31 oktyabr kunida nishonlash anʼanaga aylangan.

Bu kunda odamlar qoʻrqinchli kostyumlar kiyib, anʼanaviy Xellouin oʻyinlari oʻynashadi. Bolalar esa uyma-uy yurib shirinliklar yigʻishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala