Iqtisod

YAIM va inflyatsiya: xalqaro valyuta fondi Oʻzbekiston boʻyicha prognozlarini eʼlon qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishMonetы Rossii
Monetы Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
XVJ ekspertlari Toshkentda Markaziy bank rahbari va moliya vazirligi ishtirokida "Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari" hisobotini taqdim etdilar

TOSHKENT, 10 noya - Sputnik. Xalqaro valyuta fondi 2018-2019 yillarda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) oʻsishini 5 % darajasida prognoz qilmoqda. Mamlakat istiqbollari esa asosan iqtisodiy islohotlarga bogʻliq, dedi Toshkentda oʻtkazilgan uchrashuvda jurnalistlarga XVJ Yaqin Shark va Markaziy Osiyo davlatlari departamenti direktori oʻrinbosari Yuxa Kaxkonen.

Grafik sostoyaniya finansovogo rыnka - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston YAIM hajmi boʻyicha reytingda 85-oʻrinda joylashdi

Hisobotga koʻra, mintaqada 2018-2019 yillardagi oʻsish 4 %ni tashkil etadi. Bu oʻn yil davomida kuzatilgan oʻrta oʻsish darajasiga qaraganda 9 %ga kam.

"Agar Oʻzbekiston xaqida toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, joriy va keyingi yildagi prognozimiz 5 % (YAIM oʻsishi boʻyicha– tahr.)", - dedi Kaxkonen hisobot chogʻida.

Shuningdek, XVJ vakili hozirda Oʻzbekiston uchun asosiy chaqiriq – davlat korxonalari islohoti va narxlarning tegishli erkinlashtirilishi ekanini maʼlum qildi.

"Oʻzbekiston Markaziy banki juda toʻgʻri siyosat olib bormoqda deb hisoblaymiz. Monetar siyosatni ham qatʼiy olib borish kerak, inflyatsiya oʻsish nazorati boʻyicha faol choralar koʻrilmoqda",- deb qoʻshimcha qildi Kaxkonen.

Xalqaro valyuta fondi maʼlumotiga koʻra, 2018 yilda Oʻzbekistonda inflyatsiya 19,2 %, 2019 yil esa 14,9 % darajasida kutilmoqda.

Produktsiya fermerov Buxarы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mart oyida mevalar qimmatladi, sabzavotlar arzonladi – inflyatsiya 1,1%ni tashkil etdi

Markaziy bank raisi oʻrinbosari Ilhom Norqulov esa hukumat 2018 yil yakunida YAIM 5,2-5,5 %, keyingi yilda 5,4 % atrofida oʻsish darajasini kutayotgani maʼlum qildi. Inflyatsiya darajasi 16-17 % va 13-15 % boʻladi.

“Monetar omillarni, inflyatsiya darajasini pasaytirib boramiz keyingi yildan”, - deb vaʼda berdi Norqulov.

Rasmiy maʼlumotlarga qaraganda, Oʻzbekiston isteʼmolchilar bozorida inflyatsiya 2017 yil yakunida 14,4 % tashkil etgan. 2016 yilga nisbatan (5,7 %) uning 2,5 baravarga koʻpligi milliy valyuta – soʻmning qadrsizlanishi va mamlakatda valyuta bozorinining erkinlashiga bogʻliq.

Oʻzbekiston Hukumati maʼlumotiga koʻra, 2017 yil yakunida davlat YAIM 5,5 %ga oʻsgan.

Joriy yilning sentyabr oyida Osiyo rivojlanish banki (ORB) Oʻzbekiston YAIM oʻsish darajasi prognozini 2018 yilda aprel oyidagi 5,5 %dan to 4,9 %gacha pasaytirgan. YAIM prognozini pasayishi milliy valyutaning oʻtgan yil qadrsizlanishiga bogʻliq ded qayd etishdi bank ekspertlari. Shu bilan birga ORB Oʻzbekistonda 2018 yilda inflatsiya prognozini 16 % va 2019 yilda esa 14 % miqdorida qoldirgan. 2017 yil yakunida bu 14,4 % tashkil etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala