Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning dekabr boshida Rossiyaga tashrifi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Fotobankka oʻtishVidы Sankt-Peterburga
Vidы Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston
Shu yil 26 noyabrda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

TOSHKENT, 27 noya – Sputnik. Joriy yil 6 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashishi kutilmoqda.

Preduprejdayuщiye znaki na territorii Polesskogo gosudarstvennogo radiatsionno-ekologicheskogo zapovednika - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
MDH davlatlari yadroviy xavfsizlik haqida kelishib olishadi

Bu masala kecha, 26 noyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev oʻrtasida oʻtgan uchrashuvda muhokama qilingan.

“Uchrashuvda Oʻzbekiston – Rossiya kun tartibining hamda Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtadigan MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuvining dolzarb masalalari muhokama qilindi”, deyilgan TIV xabarida.  

Shu bilan birga, suhbat chogʻida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala