Shavkat Mirziyoyev harbiy mashg‘ulotlarni kuzatdi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Chirchiq poligoni yonidagi harbiy qismda yaratilgan sharoitlarni, qurol-aslaha va texnikalarni ko‘zdan kechirdi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti va Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Chirchiq dala o‘quv maydonida yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirilgan bo‘linmalarning maxsus-taktik mashqlarini kuzatdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Nachalo sovmestnix uzbeksko-tadjikskix voyennix ucheniy v Sogdiyskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarildi

Ma’lumki, Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining jangovar tayyorgarligini kompleks tekshirish maqsadida 26-noyabr tongda «Trevoga!» signali berilgandi. Shu paytgacha mamlakatimiz armiyasida bunday keng ko‘lamli to‘satdan tekshiruv o‘tkazilmagandi. 

Signaldan so‘ng Mudofaa vazirligi markaziy apparati, barcha harbiy okrug va bo‘linmalarda zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Harbiy poligonlarda bir nechta maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 

Chirchiq dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda havo-desantchilari, artilleriyachilar, motoo‘qchilar, tankchilar, maxsus operatsiya kuchlari hamda Harbiy havo kuchlari bo‘linmalari qatnashdi.

Shartli  dushman bazalariga va u joylashgan hududlarga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy havo kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar va vertolotlardan zarbalar berildi. 

Perviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi?

Shundan keyin jang maydonida zirhli qalqon tankchilar bo‘linmasi paydo bo‘ldi. Ular tank biatlonida qo‘llaniladigan “Suvli to‘siq”, “Eskarp” va “Tirsakli ko‘prik”dan moxirona o‘tib, belgilangan marrani egalladi.

Mudofaa operatsiyasini olib borish jarayonida, shartli og‘ir yaralangan harbiy xizmatchilarni jang maydonidan olib chiqish, vertolotda evakuatsiya qilish jarayoni namoyish etildi. 

Zamonaviy jangovar vertolotlar shaxsiy tarkibni belgilangan hududga desantlashtirdi. Parashut-desant bataloni xizmatchilari marralar oralig‘idan suqulib kirgan shartli dushmanni umumqo‘shin zaxira kuch va vositalari bilan yakson qilish vazifasini muvaffaqiyatli bajardi. 

Maxsus-taktik mashg‘ulotlar harbiylarimizning yuksak professional mahoratini, yuqori jangovar shayligini, bir tanu bir jon bo‘lib harakatlanishini namoyon etdi.

Perviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘tkazilgan ommaviy o‘quv-trevogasi haqida ekspert nima dedi

Mashg‘ulotlarni harbiy-ma’muriy sektorlar, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ham kuzatib bordi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev poligon yonidagi harbiy qismda yaratilgan sharoitlarni, qurol-aslaha va texnikalarni ko‘zdan kechirdi. Mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan maqsad mamlakatimiz xavfsizligini mustahkamlash, xalqimiz tinchligini ta’minlash ekanini ta’kidladi.

Vatanparvarligi, professionalligi bilan alohida namuna ko‘rsatgan polkovnik Qodir Tursunovga avtomashina, harbiy xizmatchilarga planshetlar sovg‘a qilindi.  

Shu yerda harbiy-ma’muriy sektorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Chirchikskiy voyenniy poligon
Shavkat Mirziyoyev posetil Chirchikskiy voyenniy poligon - Sputnik O‘zbekiston
1/5
Shavkat Mirziyoyev posetil Chirchikskiy voyenniy poligon
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Chirchikskiy voyenniy poligon
Shavkat Mirziyoyev posetil Chirchikskiy voyenniy poligon - Sputnik O‘zbekiston
2/5

3/5

4/5

5/5

Yangiliklar lentasi
0