Mirziyoyev Zurabishvilini prezident etib saylangani bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksandr Imedashvili / Mediabankka o‘tish2-y tur prezidentskix viborov v Gruzii
2-y tur prezidentskix viborov v Gruzii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Zurabishvili prezident sifatida ilk chet el safarini Yevropaga amalga oshirishi ma’lum qilingan edi

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning yangi prezidenti Salome Zurabishviliga tabrik telegrammasini yo‘lladi.

Gruzovie vagoni - Sputnik O‘zbekiston
Gruziya O‘zbekiston uchun tranzit yuk tashish narxini ikki baravarga arzonlashtirdi

"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr kuni Salome Zurabishvilini Gruziya Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi", - deyiladi O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabarida.

Gruziya Markaziy saylov komissiyasi 28-noyabr kuni o‘tkazilgan ikkinchi tur prezident saylovlariga doir ma’lumotlarni e’lon qildi: "Gruzinskaya mechta" partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan mustaqil nomzod Salome Zurabishvili 59,52% ovoz, Grigol Vashadze esa — 40,48% ovoz olishga muvaffaq bo‘lgan.

Sal oldin Zurabishvili prezident sifatida ilk chet el safarini Yevropaga amalga oshirishi ma’lum qilingan edi.

Gruziyaning yangi saylangan prezidenti oddiy davlat rahbari bo‘lishni xohlashini aytishga ulgurdi. Ayol prezidentning ta’kidiga ko‘ra, u qahva ichib, ko‘chalarda sayr qiladigan va jamiyatning ajralmas bir qismi bo‘ladigan davlat rahbari bo‘lishni istaydi.

Yangiliklar lentasi
0