Dunyoda

Butunrossiya tanlovida oʻzbekistonlik fotosuratchi sovrindor boʻldi

© Olimpiyskiy komitet UzbekistanaAnvar Ilyasov - uzbekskiy sportivnыy fotograf
Anvar Ilyasov - uzbekskiy sportivnыy fotograf - Sputnik Oʻzbekiston
Sport jurnalistikasiga bagʻishlangan Butunrossiya festival-tanlovida oʻzbekistonlik suratchi sovrindor boʻldi.

TOSHKENT, 2 dek - Sputnik. Moskva shahrida sport jurnalistikasiga bagʻishlangan «Energiya pobed» VIII Butunrossiya festival-tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda oʻzbekistonlik Anvar Ilyasov uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi. 

Xabarda aytilishiga koʻra, oʻzbekistonlik fotojurnalist Anvar Ilyasov tanlovning"Rus tilida faoliyat olib boradigan xorijiy OAVdagi eng yaxshi fotoreportaj" yoʻnalishi boʻyicha uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 

Tanlovning 1 oʻrini "Spacesuit Media" fotoagentligi vakili  Sergey Savrasovga, ikkinchi oʻrin "Frans-Press" axborot agentligi xodimi Kirill Kudryavtsevga berilgan.

Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi BAA ustidan gʻalaba qozondi

Ushbu tanlov Rossiya Milliy olimpiya qoʻmitasi, Rossiya sport jurnalistlari federatsiyasi va «Gazprom» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. 

Maʼlumot uchun, Anvar Ilyasov 40 yildan buyon fotojurnalistika sohasida faoliyat olib boradi. 2000 yildan boshlab u 5 ta Olimpiada, 5 ta Osiyo oʻyinlarida fotosuratchi sifatida ishlagan. Shuningdek, dzyudo, sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatlari, futbol uchrashuvlarida sportchilarimizning turli holatlari, quvonchli onlari aks etgan suratlarni tarixga muxrlagan.

Anvar Ilyasov ushbu tanlov uchun joʻnatilgan suratlardan baʼzilarini quyida tomosha qilishingiz mumkin. 

© ANVAR_ILYASOVKonkursnaya rabota sportivnogo fotografa Anvara Ilyasova
Konkursnoye foto Anvar Ilyasova - Sputnik Oʻzbekiston
1/3
Konkursnaya rabota sportivnogo fotografa Anvara Ilyasova
© ANVAR_ILYASOVKonkursnoye foto Anvar Ilyasova
Konkursnoye foto Anvar Ilyasova - Sputnik Oʻzbekiston
2/3
Konkursnoye foto Anvar Ilyasova
© ANVAR_ILYASOVKonkursnoye foto Anvar Ilyasova
Konkursnoye foto Anvar Ilyasova - Sputnik Oʻzbekiston
3/3
Konkursnoye foto Anvar Ilyasova
1/3
Konkursnaya rabota sportivnogo fotografa Anvara Ilyasova
2/3
Konkursnoye foto Anvar Ilyasova
3/3
Konkursnoye foto Anvar Ilyasova
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala