Jamiyat

Oʻzbekiston jamoasi Butunjahon "Halol sammitida" gʻolib boʻldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka oʻtishX Mejdunarodnыy ekonomicheskiy sammit "Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit". Den pervыy
X Mejdunarodnыy ekonomicheskiy sammit Rossiya — Islamskiy mir: KazanSummit. Den pervыy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonliklar Istanbulda boʻlib oʻtgan VI Butunjahon "Halol sammiti" tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Istanbulda boʻlib oʻtgan musulmon davlatlar oʻrtasidagi pazandachilik chempionatida Oʻzbekiston jamoasi faxrli birinchi oʻrinni egalladi.

Xalyalnaya produktsiya rossiyskogo proizvodstva - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda "Halol" standarti rasman joriy etildi

Bu haqda Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mohir oshpazlar halol taom tayyorlash boʻyicha kuch sinashishdi. Oʻzbekiston sharafini Xalqaro oʻzbek pazandachiligi sanʼati markazi usta-oshpazi Ahmad Hamdamov va ushbu markaz bitiruvchisi Nodir Tohirjonov himoya qilishdi. Tanlov yakunida ular tayyorlagan taomlar birinchi oʻringa sazovor deb topildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2018 yil 1 fevraldan "Halol" oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha umumiy qoʻllanma - Oz DSt 3286:2018 joriy etilgan edi. 

"Halol" standartlarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va markalash jarayonlari islom qoidalariga muvofiq boʻlishi talab etiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0