Joriy yildan davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi - MB

© Commons.wikimedia / ValugiSchetchik gosudarstvennogo dolga SSHA. 2012 god
Schetchik gosudarstvennogo dolga SSHA. 2012 god - Sputnik Oʻzbekiston
Qimmatli qogʻozlarni tijorat banklari va yuridik shaxslar xarid qilish imkoniga ega boʻladi

TOSHKENT, 18 dek - Sputnik. Dekabr oyi oxiridan Oʻzbekistonda davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishi qayta tiklanishi mumkin. Bu haqda seshanba kuni boʻlib oʻtgan brifingda Markaziy bank rasmiy vakili axborot berdi.

Zamestitel direktora Departamenta stran Blijnego Vostoka i Tsentralnoy Azii MVF Yuxa Kaxkonen - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston iqtisodiy taqdiri oʻz qoʻlida – XVF

Taʼkidlanishicha, davlat qimmatli qogʻozlarini oʻzbek valyuta birjasiga savdo maydoniga joylash va zayom pulini qaytarish bilan Markaziy bank shugʻullanadi.

Markaziy bankning inflyatsiyani tahlil qilish va prognozlashtirish boshqarmasi rahbari Rustem Muhammadiyevning aytishicha, davlat ыimmatli qogʻozlarini tijorat banklari va yuridik shaxslar xarid qilish imkoniga ega boʻladi.

Davlat qimmatli qogʻozlari sotuvidan tushgan mablagʻlar davlat byudjetiga kelib tushadi va uning defitsitini qoplash, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

"Fuqarolar uchun byudjet" da 2019-2021 yillarda byudjet defitsitini 1,1%dan 0,1 %gacha pasaytirish va buni qoplash uchun 3 trln soʻmgacha boʻlgan miqdorda davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish rejalashtirilayotgani aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala