Siyosat

Putinning katta matbuot-anjumanidan reportaj

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishYejegodnaya bolshaya press-konferentsiya prezidenta RF V. Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferentsiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻtgan yil Putinning matbuot-anjumani 3 soatu 40 daqiqa davom etgan, davlat rahbari bu vaqt oraligʻida 54 nafar jurnalist tomonidan berilgan 73ta savolga javob bergan

TOSHKENT, 20 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning anʼanaviy matbuot-anjumani davom etmoqda.

Vladimir Putin ilk bor bu formatda jurnalistlar bilan 2001 yilda uchrashgan. Oʻsha vaqtdan buyon katta anjumanlar amaliyoti anʼanaviy tarzda har yili oʻtkazib kelinadi, ularning umumiy davomiyligi esa ikki sutkaga yaqinlashmoqda.

Ucheniya ODKB v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
ODKB-2019 oʻquv mashgʻulotlari Markaziy Osiyo xavfsizligini taʼminlashga qaratiladi - Putin

Eng uzoq davom etgan va oʻziga xos rekord oʻrnatgan anjuman - 2008 yildagi tadbir boʻldi. Prezident 4 soatu 40 daqiqa davomida 106ta savolga javob berdi.

Oʻtgan yil Putinning matbuot-anjumani 3 soatu 40 daqiqa davom etgan, davlat rahbari bu vaqt oraligʻida 54 nafar jurnalist tomonidan berilgan 73ta savolga javob bergan.

Iqtisodiy koʻrsatkichlar

Anʼanaga muvofiq matbuot-anjumani iqtisodiy koʻrsatkichlardan boshlandi. "YAIM 1,7 %ga oʻsdi. Aholi real daromadida ham oʻsish kuzatildi - 0,5 foiz", - deya yil yakunlarini eʼlon qildi Putin.

Rossiya rahbari oylik maoshlari darajasi oʻsayotganini qayd etdi. Inflyatsiya darajasi maqbul holatda, ishsizlik darajasi pasaygan, oltin-valyuta zaxiralari oʻsmoqda, deb davom etdi Putin.

Putin shuningdek, hayot davomiyligi uzayganiga eʼtibor qaratdi: 2018 yilda 2017 yilgi 72,7dan 72,9ga oʻsdi.

Kerch boʻgʻozidagi hodisaga munosabat

Qora dengizdagi hodisa - provokatsiya edi, deb qayd etdi Rossiya yetakchisi.

"Provokatsiya hamisha yomon baholangan, ular holatni ziddiylashtirishga moʻljallangan, lekin bir hisobdan hammasi tushunarli, ularda saylovlar boʻlishi kutilmoqda, amaldagi hukumat shu orqali oʻz reytingini koʻtarishga harakat qiladi. Lekin bu ish xalq manfaatlariga zid. Petr Alekseyevichning ham reytingi oʻsdi: beshinchi pogʻonadan ikkinchiga koʻtarildi. U oʻz masalasini mamlakat manfaatlari hisobiga amalga oshirdi", - deb qoʻshimcha qildi Putin.

Yuriy Shvыtkin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kerch boʻgʻozidagi holat AQSH tomonidan sahnalashtirilgan - Shvitkin

Rossiya yetakchisiga koʻra, ukrainalik harbiy xizmatchilarni Rossiya chegarasiga ular halok boʻladi, degan maqsad bilan yuborishgan.

"Xudoga shukrki, bunday boʻlmadi", - dedi Putin. U shuningdek, ukrainalik dengizchilarni almashish masalasi Kerchdagi hodisa yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish yakunlangach hal etilishi ehtimolini bildirdi.

Putin Ukraina va Rossiya oʻrtasida savdo hamkorligi koʻrsatkichi davom etayotganini, xususan, joriy yilda koʻrsatkichlar darajasi ortganini alohida qayd etdi. <...> "Lekin Kiyev hukumatida rusofoblar bor ekan, nonormal holat davom etaveradi", - dedi Putin.

Tramp bilan uchrashadimi?

Putinga Tramp bilan yaqin kelajakda uchrashasizmi, degan savol berildi.

Putin amerikalik hamkasbi bilan uchrashadimi-yoʻqmi, bilmasligini aytdi.

"Men koʻp marotaba aytganman, biz bunga tayyormiz deb", - dedi u.

Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, uning Tramp bilan muhokama qiladigan mavzulari koʻp.

Matbuot-anjumanining uchinchi soatida jurnalistlar oʻrinlaridan turib, qichqirishni boshlashdi. Putin matbuot-anjumanini sanktsiyalanmagan mitingga aylantirmaslikka chaqirdi.

2018-yilning eng muhim voqealari va dollarga qarshi kurash

Putinning fikricha, yilning eng muhim voqealari bu prezident saylovlari va futbol boʻyicha Jahon Chempionati boʻlgan.

Prezident Turtsii Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdoʻgʻon: Xalqaro savdoning eng katta muammosi - dollar

Jurnalistlardan biri Putinga dollar haqida savol berdi. "Buning qanday ijobiy va salbiy tomonlari bor? Yangi valyuta boʻladimi", - deb savolga tutdi jurnalist.

Rossiya dollardan voz kechmaydi, deb ishontirdi Putin. U shuningdek, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda dollar bilan boʻladigan hisob-kitob hajmi pasayganini eslatib oʻtdi.

Dollarlashuvga qarshi kurash rossiyaliklarga taʼsir etmaydi, valyuta ayriboshlash shoxobchalarida narx koʻrsatkichlari qora bozorga qarshi kurash maqsadida olib tashlanmoqda, deb izoh berdi Putin.

Dunyoni boshqarishga urinayotganlar qayerda joylashgan?

Rossiya prezidenti matbuot-anjumani davomida "Siz dunyoni boshqarishni xohlarsiz balki", degan savolga javoban kulib "Boʻlmasam-chi" dedida soʻngra jiddiy ohangda dunyoni boshqarishga harakat qilayotgan shtab qayerda joylashganiga iddao qildi.

"Dunyo boshqaruviga kelsak: biz buni amalga oshirishga harakat qilayotgan shtab qayerda joylashganini bilamiz. Va u Moskvada emas. Bu Qoʻshma Shtatlarning jahon iqtisodiyotidagi yetakchi roli, mudofaaga sarflayotgan harajatlari - 700 milliard dollar bilan bogʻliq", - deb aytdi Putin.

Rossiya yetakchisi Moskva oʻz mudofaasi uchun atigi 46 milliard dollar sarflashiga eʼtibor qaratdi.

Prezident SSHA Donald Tramp. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp Pokistondan Afgʻoniston va “Tolibon” masalasi boʻyicha yordam soʻradi

"Rossiyada 146 million aholi, NATO mamlakatlarida esa - 600 million, va siz bizning maqsadimiz dunyoni boshqarish, deb hisoblaysizmi", - deya qoʻshimcha qildi prezident tegishli savolga javob berar ekan.

Afgʻonistondagi vaziyatni qanday baholaydi?

Afgʻonistodagi holat yaxshi, degan taʼkidlar haqiqiylikdan yiroq, deb bayonot qildi RF prezidenti.

"Agar ular (gʻarblik sheriklar - tahr.) u yerda (Afgʻonistonda - tahr.) hammasi yaxshiligini dalillamoqchi boʻlsalar, mening fikrimcha, bu haqiqatdan yiroq", - dedi Putin.

Putin Qobuldagi hukumat mamlakat hududining uchdan bir qismidan koʻpini nazorat qilishiga gumon qilishini bildirdi. "Saylovlar natijalarini oylar davomida hisoblashadi. Axir bu normal holatmi? Bu yerda nimani maʼqullash mumkin?", - deb taʼkidladi Rossiya prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0