Mirziyoyev qator davlat rahbarlarining tabrigini qabul qilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil bayrami arafasida O‘zbekiston rahbarini tabriklab, o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirishmoqda.

TOShKENT, 28 dek – Sputnik. Davlat rahbarlari bir birlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklashmoqda, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, hamkorlikning qator dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Shar na novogodney yelke - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo prezidentlari Yangi yilni qanday kutib olishadi

Davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidlab, yangi yilda O‘zbekiston va Rossiya xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan bir-birini qutladi hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar va aniq loyihalarni muhokama qildilar.

Muloqot so‘ngida davlat yetakchilari yangi 2019-yilda mamlakatlarga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tilab, xalqlarni yana bir bor samimiy tabrikladilar.

Yangiliklar lentasi
0