AQSh birinchi xonimi omma qarshisiga "ishtonsiz" chiqdi

© RIA NovostiMelanya Tramp
Melanya Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti rafiqasi o‘z tashqi ko‘rinishi tufayli kulgi ostida qoldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Melanya Trampni "ko‘rinmas ishtonlari" uchun keskin tanqid qilib, shu tufayli tashqi ko‘rinishi elfga o‘xshab qolganini ma’lum qildilar

TOShKENT, 29 dek - Sputnik. Odatda Melanya Trampni liboslarni tanlash didi tufayli butun dunyo bo‘ylab millionlab ayollarga o‘rnak sifatida tilga oladilar. Ammo AQSh birinchi xonimining omma qarshisidagi oxirgi chiqishi internet foydalanuvchilarida teskari reaksiyani hosil qildi.

Shavkat Mirziyoyev s suprugoy 30-sentabrya posetili kompleks Tadj-Maxal v Agre - Sputnik O‘zbekiston
Sharq birinchi xonimlarining kiyinish uslubi: Ziroat Mirziyoyeva Jaklin Kennediga o‘xshaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Melanyaning Iroqdan turmush o‘rtog‘i bilan qaytayotganida kiygan libosi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidiga uchradi. Prezident rahbari va uning rafiqasining Iroqdan qaytishi sahnasi ABC News tomonidan Twitterda e’lon qilingan.

Melanya Tramp kalta yashil paltoda va juda tor och malla losina-shimda bo‘lgani uchun ular deyarli ko‘rinmagan.

Oqibatda, birinchi xonim ishtonsizdek ahvolda namoyon bo‘lgan.

"Melanya ishton kiymaganmi?", - deya savol bilan yuzlangan foydalanuvchilardan biri.

"Bu libosda u xuddi janjalkash elflarga o‘xshab qolibdi", - deya izoh qoldirgan foydalanuvchilardan yana biri.

"Aslida nima bo‘lganini bilish uchun uch marta videoni qayta ko‘rishimga to‘g‘ri keldi", — deydi yana biri.

Ammo tanqidchilar bu bilan qoniqishmadi, ular Melanya kun botganida quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqib olganiga ham nazarlaridan qochirmadilar.

Yangiliklar lentasi
0