Yanvar oyi birinchi haftasi uchun ob-havo

© Sputnik / StringerZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda havo harorati 5-10 daraja iliq kechadi

TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Sinoptiklar bashoratiga koʻra, yanvar oyining birinchi haftasida Oʻzbekistonda bulutli kechishi va ayrim joylarda yogʻingarchilik kuzatilishi mumkin.

Snegopad v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yogʻmayapti? Sinoptiklar javobi

1 yanvar kuni Oʻzbekistonda havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarga yomgʻir yogʻadi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Gʻarbdan esuvchi shamol tezligi soniyasiga 7-12 metrni tashkil qiladi. Havo harorati 5-10 daraja iliq boʻladi.

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida hafta davomida bulutli ob-havo kuzatiladi.

Havo harorati kunduzi +4 - +11°daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala