Hodisalar

TIV: Magnitogorskda Oʻzbekiston fuqarosi qurbon boʻlmagan

© MCHS RF / Fotobankka oʻtishVzrыv bыtovogo gaza v jilom dome v Magnitogorske
Vzrыv bыtovogo gaza v jilom dome v Magnitogorske - Sputnik Oʻzbekiston
Konsulxona Magnitogorskda yuz bergan fojeada Oʻzbekistondan qurbonlar yoʻqligini maʼlum qilgan

TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonning Yekaterinburgdagi konsulxonasi 2019 yil 1 yanvar holatiga koʻra, Magnitogorsk shahrida turar-joy binosi qulashi natijasida qurbon boʻlganlar orsida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligini maʼlum qildi.

Sorevnovaniya po likvidatsii posledstviy DTP v Ivanove - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Magnitogorskda gaz portlashidan 48ta kvartira zarar koʻrdi

"31-dekabr ertalab sodir boʻlgan Magnitogorsk fojeasi boʻyicha vaziyatni Bosh konsulxona jiddiy nazoratga olgan", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida 31 dekabr kuni Moskva vaqti bilan 4.00da gaz portlashi oqibatida koʻp-qavatli turar joy podʼyezdi oʻpirilib tushgan va 26ta xonadon barbod boʻlgan edi.

Ushbu xonadonlarda 46 kishi istiqomat qilgan, talafot yetgan hududda esa jami 120 kishi yashagan.

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarosi borligini, u oʻta ogʻir ahvolda ekanini aytgan edi.

Ayni damda kelib tushgan xabarga muvofiq, Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Magnitogorskda yuz bergan portlash oqibatida Oʻzbekiston emas, Tojikiston fuqarosi halok boʻlganiga aniqlik kiritdi.

Sal oldin yetti kishi halok boʻlganini, besh kishi, shu jumladan bir nafar bolakay jabr koʻrgani haqida xabar berilgan edi. Yana 37 kishining taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda. 

Ikkinchi yanvar sanasi Chelyabinsk viloyatida motam kuni deb eʼlon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala