Xitoy oʻzi yaratgan "bombalar onasi"ni sinovdan oʻtkazdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bomba vazni bir necha tonna boʻlib, uning ogʻirligi tufayli bombardimon ham bir parvozda faqat bitta bombani koʻtara oladi.

TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. Xitoyning NORINCO davlat sanoat korporatsiyasi ilk marotaba sinovdan oʻtkazilgan xitoycha variantdagi "bombalar onasi"ning suratlarini namoyish etdi, deb xabar qildi Global Times.

GBU-5 bombasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH OAVlari Vashingtonga Rossiyada "bombalarning otasi" borligini eslatib qoʻydi

Taʼkidlanishicha, aviatsiya bombasi quvvati va barbod qilish kuchi boʻyicha yadro bombasidan keyingi oʻrinda turadi va shu bois ham unga "bombalarning onasi" laqabi berilgan.

Nashr xabariga koʻra, NORINCO korporatsiyasi oʻzi ishlab chiqargan bombaning xususiyatlarini aniqlashtirish uchun uni sinovdan oʻtkazgan. Bomba H-6K bombardimon-samolyotidan tashlangan va ulkan portlashni yuzaga keltirgan. Sinov joyi keltirilmagan.

Bomba vazni bir necha tonna boʻlib, uning ogʻirligi tufayli bombardimon ham bir parvozda faqat bitta bombani koʻtara oladi. Analitiklar fikriga koʻra, bombaning uzunligi olti metrgacha yetishi mumkin. Ammo ekspertlar, xitoycha variantdagi "bombalar onasi" oʻzining amerikalik turdoshidan hajm jihatdan kichik boʻlishi kerak, degan taxminni bildirishdi. Bu atay, H-6K bombardimonchi-samolyoti uni koʻtara olishi uchun qilingan.

Ayrim ekspertlar bomba portlovchi zaryadlardan iborat boʻlishi mumkin, degan taxminni bildirishdi, ammo kompaniya bu taʼminlarni tasdiqlagani yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, 2017 godu amerika HHK 2003 yilda sinovdan oʻtkazilgan eng qudratli GBU-43/B yadrosiz bomba videoyozuvini eʼlon qilgan edi. U shuningdek, "bombalar onasi" nomi bilan mashhur. Videoyozuv AQSH HHK GBU-43/Bni Afgʻonistondagi "Islom davlati" terroristik uyushmasi pozitsiyalariga tashlangandan keyin ommaga eʼlon qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0