Hodisalar

Andijon viloyati IIBning qator mansabdor shaxslari hibsga olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana
Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq mahalliy OAVlari yuzga yaqin tadbirkorlar mahalliy prokuraturaga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ustidan shikoyat qilganliklarini xabar qilishgandi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Andijon viloyati Ichki ishlar  boshqarmasi jinoyat-qidiruv boʻlimining toʻrt nafar xodimi fuqarolarni noqonuniy hibsga olishda gumonlanmoqda. Ular hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Avvalroq mahalliy OAVlari yuzga yaqin tadbirkorlar mahalliy prokuraturaga ularning noqonuniy harakatlari ustidan shikoyat keltirganliklaridan soʻng Andijon viloyat IIBning qator xodimlari hibsga olinganliklari haqida xabar tarqatgandi.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Islom Karimovning sobiq xos soqchisi hibsga olindi

Hibsga olinganlarga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish” va “Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish” moddalari jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ularga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti tomonidan  aprel oyida imzolangan qonunga koʻra, hibsga olinganlarni qiynoqqa solish, haqorat qilish va boshqa yoʻllar bilan jazolash uchun belgilangan jazo choralari kuchaytirilgan.

Qiynoqqa solishda ayblanayotgan mansabdor shaxslar uch yildan besh yilgacha qamalishi va lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etilishlari mumkin. Ogʻir tan jarohatlari yetkazilganda – jazo 7-10 yilni tashkil qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala