Iqtisod

Senat 100 ming soʻmlik banknot namunasi va dizaynini maʼqulladi

© SputnikKupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi nominaldagi banknotning koʻrinishi, tasnifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

TOSHKENT, 16 yanv – Sputnik. 15 yanvar kuni Oliy Majlis Senati 100000 (yuz ming) soʻmlik banknot namunasi va dizaynini maʼkulladi.

Yirik nominaldagi banknota Markaziy bank tomonidan quyidagi maqsadlarda koʻra muomalaga chiqarilmoqda:

- aholi uchun naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;

Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 100 ming soʻmlik banknota bahorda chiqariladi

- naqd pullarni saqlash va tashish bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish;

- aholiga bankomatlar orqali xizmat koʻrsatishda samaradorlikni oshirish;

- muomaladagi naqd pullar tarkibini optimallashtirish.

100 000 (yuz ming) soʻm qiymatdagi banknotlar joriy pul massasi doirasida chiqariladi hamda uning oʻsishiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Yangi nominaldagi banknotning koʻrinishi, tasnifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala