Braziliyalik jahon futboli yulduzi Toshkentga keladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishFutbol. RFPL. Match "Anji" - "Lokomotiv"
Futbol. RFPL. Match Anji - Lokomotiv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Roberto Karlos o‘zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokidagi o‘yinda maydonga tushadi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. 28-yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.

Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o‘tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.

Bivshiy igrok FK Barselona Karlos Puyol na konferensii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Puyol kelajakda taklif bo‘lsa O‘zbekiston termasida ishlashi mumkinligini aytdi

Shuningdek, braziliyalik futbolchi ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilinadi. Roberto Karlosning tashrifiga doir tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanining vaqti va bo‘lib o‘tadigan joyi keyinroq alohida e’lon qilinadi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilinadi. Roberto Karlos mazkur uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Barselona" klubining sobiq himoyachisi Karles Puyol Toshkentga tashrif buyurgan edi va dunyoning hech qaysi davlatida bunchalik shirin mevalarni yemaganligini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0