Jamiyat

Bizning atom stantsiyamiz boshqalardan ham yaxshi, sifatli va xavfsiz boʻlishi kerak - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil Farishskiy rayon Djizakskoy oblasti
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil Farishskiy rayon Djizakskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Forish tumanida boʻlib u yerda amlaga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdi.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Jizzax viloyati Forish tumaniga tashrif buyurib, atom elektr stantsiyasini qurish uchun muhandislik tadqiqotlari olib borilayotgan maydonlardan birini koʻzdan kechirdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Forshda Shavkat Mirziyoyev “Oʻzatom” agentligi va “Rosatom” korporatsiyasi rahbarlari bilan suhbatlashdi.

- Bu ulkan loyiha Rossiya bilan strategik sherikligimizning yangi yoʻnalishi. Mamlakatimiz sanoati rivojlanyapti, aholi soni oʻsyapti. Hali oldinda yana katta rejalarimiz bor. Bular uchun barqaror energiya taʼminoti kerak <…> Bizning atom stantsiyamiz boshqalardan ham yaxshi, sifatli va xavfsiz boʻlishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Undan tashqari prezidentAtom elektr stantsiyasini aniq hisob-kitob va puxta tayyorgarlik bilan qurish, xorijdagi stantsiyalar qurilishidagi tajribani oʻrganish zarurligi taʼkidladi.

Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistondagi birinchi atom elektr stantsiyasi surati

Shuningdek prezident tashrifi doirasda Forish tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turizm salohiyati va lalmi yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

- Oʻzi Forish imkoniyatlari boʻyicha eng boy tumanlardan biri. Lekin hozir boshqa hududlardan biroz orqada. Bu yerning qishloq xoʻjaligi, geologiya, qayta ishlash sohalaridagi imkoniyatlarini toʻgʻri ishga solsa, aholi farovonligi, mahalliy byudjetni oshirish mumkin, - dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev tumanda suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash natijasida aholi daromadlarini koʻpaytirish masalalarining muhokama qildi hamda jizzaxlik nuroniylar bilan muloqot qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala