Sputnik ommaboplikda O‘zbekistonda uchinchi o‘rinda

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishLogotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda "Sputnik"
Logotip mejdunarodnogo informatsionnogo brenda Sputnik  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik jurnalistlari o‘z faoliyatida ko‘plab katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Xususan, iyul oyida Rigada "suhbat uchun" Sputnik Latviya shef-redaktori Valentins Rojensovs ushlab qolingan. Xuddi shunday "tushuntirish suhbatlari" ko‘plab marotaba Sputnik Estoniya xodimlari bilan ham o‘tkazilgan.

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. Sputnik axborot agentligi va radiosi o‘z auditoriyasini kengaytirmoqda. 2018 yil yakunlariga ko‘ra, Sputnik 7ta davlat - Abxaziya, Gruziya, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va Janubiy Osetiyada internet-auditoriya bo‘yicha muallaq yetakchiga aylangan. Belarusda 2-o‘rinda, O‘zbekistonda - 3-o‘rinda bormoqda.

Facebook app - Sputnik O‘zbekiston
Facebook Sputnik sahifalarini o‘chirib tashladi

Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, Sputnik Litva auditoriyasi 2018-yil oyiga 561,7% – 575 mingga ko‘paygan. O‘tgan yilda Boltiq bo‘yining boshqa mamlakatlarida ham xalqaro agentlik auditoriyasi katta tempda kengaygan. Misol uchun, Sputnik Estoniya saytida unikal foydalanuvchilar soni oyiga 173,8%ga oshib, 815 mingga yetgan.

Shu bilan birga jurnalistlar jamoasi o‘z ishida katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Xususan, iyul oyida Rigada "suhbat uchun" Sputnik Latviya shef-redaktori Valentins Rojensovs ushlab qolingan. Xuddi shunday "tushuntirish suhbatlari" ko‘plab marotaba Sputnik Estoniya xodimlari bilan ham o‘tkazilgan.

Sputniklar orasida unikal foydalanuvchilar soni eng ko‘p Sputnik Braziliyada qayd etilgan: 165,4%ga o‘sib oyiga 4 mln 154 mingga yetgan. Ikkinchi o‘rinda arab sayti bormoqda: o‘sish 124,6%ga oshgan va oyiga 5 mln 204 mingga yetgan, fransuz tilidagi Sputnik o‘sishi 110,1%ni tashkil qilgan va 4 mln 953 mingga yetgan.

Daniyaning Jyllands-Posten gazetasi qayd etganidek, "agar 2014-yilda Radio Free Europe, Deutsche Welle va Voice of America singari xalqaro nashrlar Bolqonlardan ketishni boshlagan bo‘lsa, Rossiya bu ishning qarama-qarshisini amalga oshirgan: 2015-yilda Serbiyada Sputnik ochilgan. Yaqinda Bi-bi-si Serbiyaga qaytishga qaror qildi, lekin Sputnik mahalliy bozorda mustahkam o‘rin olishga ulgurdi. 

Yevroatlantik tadqiqotlar markazi tahliliga ko‘ra, Sputnik – Rossiyaning eng kuchli, shiddat bilan o‘sayotgan platformalaridan biridir. Ayni vaqtda Serbiyadagi Sputnikning o‘qilish soni oyiga 11 million 172 mingtani tashkil qiladi va sayt mamlakatdagi eng ommabop saytlardan biri sanaladi. Aytgancha, 2018-yilda Sputnik Afinada Sputnik Greece multimediya xabini ishga tushirib, grek tilida xabar tarqatuvchi birinchi Rossiya axborot agentligiga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0