TOSHKENT, 15 fev - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilganining 30 yillik munosabati bilan hujjatlarni oshkor etdi. Mudofaaning rasmiy saytida harbiy qismlar, harbiylarning qahramonliklari va jarosati haqida hikoya qiluvchi loyiha ishga tushdi.
Oshkor etilgan hujjatlarda sovet qoʻshinlari oldiga qoʻyilgan vazifalar, muhim hujjatlar, yirik qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar omborini egallab olish hamda qahramonlik koʻrsatgan askarlarning taqdirlanishi haqida soʻz yuritiladi.
Shuningdek, harbiylar va osuda aholi oʻrtasida munosabatlar qay tarzda shakllanganidan dalolat beruvchi tarixiy faktlar eʼlon qilingan.
Mudofaa vazirligining fikriga koʻra, jangovar harakat ayrim ishtirokchilarining hisobga olish kartochkasi alohida qiziqish uygʻotadi.
Oʻttiz yil avval, 1989 yil 15 fevralda sovet qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etdi. Bu voqea urushga nuqta qoʻydi.
Afgʻonistonga jalb qilingan oʻzbekistonliklar soni 65 ming nafarni tashkil etadi. Jangchilarning 1520 nafari halok boʻlgan, 2,5 mingga yaqini ogʻir tan jarohatlarini olganlar.