Dunyoda

Rossiya qishloqlarida boʻrilar hujumi kuchaymoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka oʻtishMoskovskiy zoopark
Moskovskiy zoopark - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mahalliy ovchilardan birining maʼlum qilishicha, boʻrilar kuz oyidan buyon tumanning turli qishloqlarida 25 taga yaqin itlarni gʻajib tashlagan.

TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Rossiyaning Arxangelsk viloyati Primorsk tumani hukumati aholidan qishloqlarga boʻrilarning tez-tez kirib turish holatlari koʻpaygani sababli hushyorlik va ehtiyotkorlika rioya qilish soʻradi. RIA Novosti xabariga asosan.

Shakal - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qoraqalpogʻistonda qutirgan shoqol odamlarga va uy hayvonlariga tashlanmoqda

Qayd etilishicha, tumanning Talagi posyolkasi va Povrakulskaya qishlogʻida boʻrilar paydo boʻlgan. Shu sababli mahalliy aholidan hushyorlik va ehtiyotkorlika rioya qilish soʻralgan. Shuningdek, koʻngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida bolalarni qarovsiz qoldirmaslik lozimligi eslatib oʻtilgan.

RIA Novostiga mahalliy ovchilardan birining maʼlum qilishicha, boʻrilar kuz oyidan buyon tumanning turli qishloqlarida 25 taga yaqin itlarni gʻajib tashlagan. Shu sababli itlari koʻchaga chiqarmasdan, yopiq binoda saqlash tavsiya etilgan.

Yangiliklar lentasi
0