Migratsiya

Moskvada taksi haydaydigan qirgʻiz yigiti unutib qoldirilgan 1 mln rublni egasiga qaytardi

© Sputnik / Almaz BazarbayevNursultan Kaynazarov, taksist
Nursultan Kaynazarov, taksist - Sputnik Oʻzbekiston
"...mashinam ortidan BMW rusumidagi mashina toʻxtayotganini koʻrdim. Avtomobilni shu qadar yaqin toʻxtatishdiki, uzoqdan mashinamga kelib urilganday koʻrindi hatto. Zum oʻtmay, telefonim jiringladi: menga "avtomobilimni toʻsatdan turtib yuborishganini" aytishdi va koʻchaga chiqishimni soʻrashdi", - deydi Nursulton

TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Qirgʻizistonlik Nursulton Kaynazarov mijozni aytilgan manzilga yetkazib, uyiga qaytgan. Old oʻrindiq oldida yotgan, odamni shok holatiga soladigan topilmani esa oradan bir necha soat oʻtgach aniqlagan.

Zlaya sobaka - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekistonlik yigit notanish ayolni daydi itlardan qutqaraman deb, halok boʻldi

Sputnik Qirgʻiziston xabariga koʻra, yigit taksist boʻlib ishga kirganiga endigina 1 oy boʻlgan. Nursultonning tan olishicha, old oʻrindiq oldida bir kecha davomida million rubl yotganini u hatto payqamagan.

Voqea 20 fevralga oʻtar kechasi roʻy bergan.

"Men mijozni Domodedovo aeroportigacha olib bordim. Otrtga qaytishda bir erkak toʻxtatib, shahargacha tashlab qoʻyishni soʻradi. Uning yonida toʻrt ayol bor edi, men ularni mehmonxonaga tashladim. Shundan soʻng yana besh-oltita mijozni tashidim. Kechki soat oʻngacha ishladim. Ishxonaga kelgach, odatdagidek mashina salonini tozaladim va oʻrindiq ostida pul toʻla barsetkani aniqladim. Qoʻrqqanimdan pullarga hatto tegmadim. Men barsetka ichida 500-600 ming rubl bor deb oʻylagandim", - deb tan olgan Nursulton.

Qirgʻiz yigiti nashrga bergan intervyusida politsiyachilar uni qanday topishgani haqida ham soʻzlab bergan.

"Ular meni izlab kelganlarida uyda edim. Oynaga qarab, mashinam ortidan BMW rusumidagi mashina toʻxtayotganini payqadim. Avtomobilni shu qadar yaqin toʻxtatishdiki, uzoqdan mashinamga kelib urilganday koʻrindi hatto. Shundan soʻng zum oʻtmay, telefonim jiringladi: menga "avtomobilimni toʻsatdan turtib yuborishganini" aytishdi va koʻchaga chiqishimni soʻrashdi. Men ular politsiyachilar ekanini darhol angladim.

Mashina reanimatsii vo vremya snegopada na Tverskoy ulitse v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskvada yongʻindan odam qutqargan oʻzbekistonlik yigit ogʻir ahvolda

Xuddi shu vaqtning oʻzida jinoyat qidiruv boʻlimidan telefon qilishdi. Meni koʻrgach, politsiyachilar oʻzlarini tanishtirib, guvohnomalarini koʻrsatishdi. Men pul toʻla barsetkani ularning qoʻliga tutqazdim. Politsiyachilar pulni olishmadi. Oʻzim egasiga topshirishim kerak ekan. Shuningdek, nega darhol politsiyaga murojaat qilmaganim, qochishni rejalashtirganmanmi-yoʻqmi, agar ular telefon qilishmaganida qanday yoʻl tutishni rejalashtirganim haqida ham uzoq qiziqishdi. Men ularga salondagi barsetkani ishxonaga borganimda aniqlaganim, agar darhol aniqlaganimda, tuni bilan ishlamagan boʻlishimni aytdim. Soʻzlarimni dalili sifatida ular men yurgan marshrutlarni navigatorimdan tekshirib koʻrishlari mumkinligini aytdim", - degan yigit.

Yigit politsiya boʻlimida pullarni egalariga topshirgan.

Nursultonning aytishicha, pullar egasi unga kattagina miqdorda mukofot puli bergan.

Maʼlum boʻlishicha, pulni yoʻqotib qoʻygan erkak va toʻrt nafar ayol Dogʻistonda poyabzal savdosi bilan shugʻullanar ekan. Maʼlum boʻlishicha, ular bir million rublni kreditga olishgan va Moskvadan shu pulga tovar olmoqchi boʻlib kelishgan.

Nursulton pulni qaytargach, ertasiga pul egalarini bir kun davomida shahar boʻylab aylantirgan. Kechqurun esa aeroportga kuzatib qoʻygan. Dogʻistonga uchib ketish oldidan pul egalari Nursultonga uzoq vaqt minnatdorlik bildirganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala