Dunyoda

AQSH harbiylari ilonlar bilan qoʻshni boʻlganliklaridan arz qilishmoqda

© REUTERS / Athit PerawongmethaKobrы vo vremya zanyatiy po vыjivaniyu v djunglyax v ramkax voyennыx ucheniy «Cobra Gold 2018» v Tailande
Kobrы vo vremya zanyatiy po vыjivaniyu v djunglyax v ramkax voyennыx ucheniy «Cobra Gold 2018» v Tailande - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH harbiylari ilon va suvaraklar bilan qoʻshni boʻlganliklaridan arz qilishmoqda.

TOSHKENT, 26 fev – Sputnik. Texasda joylashgan AQSH armiyasining eng bosh harbiy bazalaridan biri boʻlgan Fort-Xud xizmat qilayotgan harbiylar yashayotgan sharoitidan arz qilishdi. Bu haqda RIA Novosti Task and Purpose portaliga asosan xabar qildi.

V SSHA anonsirovali novыy istrebitel F-21 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH yangi F-21 qiruvchi samolyotini namoyish qildi - video

Harbiylar yashayotgan uylarni mogʻor bosgani, suvarak va ilonlar koʻpayib ketgani sababli oila aʼzolari bilan harbiy barak-uylarini tark etishga majbur boʻlmoqda. Harbiylar uchun qurilgan uy-joylarda kamchiliklar ham koʻp aniqlanmoqda. Xususan, oyna nosozligi oqibatida harbiyning farzandi oynadan tushib ketdi.

Nashr yozishicha, Pentagon rahbari uy egalari bilan kommunal xizmatlarni koʻrsatish shartnomasini qayta koʻrib chiqishni rejalashtirmoqda.

Fort-Xud bazasida 50 ming kishi istiqomat qilmoqda. Harbiy turar joylarini taʼmirlash uchun 300 million dollarga yaqin mablagʻ ajratilgan. Biroq harbiylar Oq uy bu mablagʻni Meksika chegarasida devor qurilishiga yoʻnaltirilishidan qoʻrqishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala