Dunyoda

Vaziyat keskinlashmoqda: Hindiston Pokistonning qiruvchi samolyotini urib tushirdi

© Sputnik / Aleksey VitvitskiySamolyotы F-16
Samolyotы F-16 - Sputnik Oʻzbekiston
Hindiston Kashmir osmonida Pokistonning qiruvchi samolyotini urib tushirganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 27 fev - Sputnik. Hindiston Kashmir osmonida Pokistonning qiruvchi samolyotini urib tushirganini maʼlum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Pokiston aviatsiyasi oʻz vaqtida aniqlandi va Hindiston harbiy-havo kuchlari darhol javob qaytarishdi”, - dedi Hindiston TIV rasmiy vakili Ravish Kumar.

U Hindiston oʻzining MiG-21 samolyotini yoʻqotganini va uchuvchi bedarak yoʻqolganini qoʻshimcha qildi.

Boeing dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kashmirdagi vaziyat tufayli Toshkent-Amritsar yoʻnalishida samolyot Oʻzbekistonga qaytdi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Pokiston armiyasi chorshanba kuni ertalab mamlakatning bahsli mintaqasi Kashmirda Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani haqida xabar qilingan edi. Pokiston TIV Islomobod oʻz-oʻzini mudofaa qilishga qodirligini namoyish etganini maʼlum qilgan edi.

Nyu-Dehli va Islomobod munosabatlari keskinlashgan. Tomonlar oʻrtasida siyosiy, tarixiy va hududiy, xususan, Kashmir viloyatining maqomi yuzasidan kelishmovchiliklar mavjud.

Kashmir – bahsli hudud. U yerda mustaqillikka erishish yoki Pokistonga qoʻshilish tarafdori boʻlganlar faol harakat qilishmoqda.

Nyu-Dehli Pokiston hukumatini qurolli tarafdorlarni qoʻllab-quvvatlashda ayblamoqda, Islomobod esa aybdovni rad etmoqda.

Mamlakatlar oʻrtasidagi nizo 14 fevraldan soʻng yanada keskinlashdi. Xudkush terrorchi Hindiston harbiy politsiyasi kolonnasi yonida oʻzini portlatib yubordi. Oqibatda 45 kishi halok boʻldi. “Jaysh-a-Muhammad” islom guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmisiga oldi. 26 fevral kuni Hindiston harbiy-havo kuchlari Kashmirning Pokiston qismidagi “Jaysh-a-Muhammad” guruhining yirik mashgʻulot lageriga zarbalar berdi. Havo hujumi oqibatida koʻplab jangarilar, ularga tegishli transport, qurol va oʻq-dori yoʻq qilingan. Hindiston tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari Vijay Gokhale bu zarba mutlaqo zarur boʻlgani, chunki guruh Hindistonning turli hududlariga xudkushlar ishtirokida hujumlar tayyorlayotganini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala