Migratsiya

Yashirin tuynukli gazel: oʻzbekistonliklar Rossiyaga antiqa usul orqali kirib borishga urindi

© Sputnik / Ilya PitalevZnak STOP
Znak STOP - Sputnik Oʻzbekiston
Nolegallarni avtomobil tashqi va ichki oʻlchamlarining nomuvofiqligi, shuningdek, kuzov ichida yangi obshivkaning mavjudligi "sotib qoʻydi". Qozogʻistonlik chegarachilar shu bois migrantlarni aniqlashdi.

TOSHKENT, 5 mar – Sputnik. Qozogʻistonlik chegarachilar "Gazel" kuzovida qoʻlbola yasalgan "tuynuk" yordamida Rossiya Federatsiyasiga kirib borishga uringan Oʻzbekiston fuqarolarini aniqlashdi. Mashinani Rossiya fuqarosi boshqargan.

Zamestitel direktora Instituta demografii NIU VSHE Mixail Denisenko  - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Denisenko: Mirziyoyev islohotlari tufayli Rossiyaga oʻzbek migrantlari oqimi pasaydi

Bu haqda Qozogʻiston milliy xavfsizlik qoʻmitasi chegara xizmati matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Hodisa seshanbaga oʻtar kechasi Gʻarbiy-Qozogʻiston viloyatida yuz bergan.

"Gazel" avtomashinasi Rossiya fuqarosi boshqaruvida Toshkent - Samara marshruti boʻyicha harakatlanayotgan boʻlgan. Nolegallarni avtomobil tashqi va ichki oʻlchamlarining nomuvofiqligi, shuningdek, kuzov ichida yangi obshivkaning mavjudligi "sotib qoʻygan". Avtomobilning ichki qismi tekshiruvdan oʻtkazilganda, kuzov ichida yashirin tuynukda uch nafar oʻzbekistonlik yashirinib oʻtirgani aniqlangan.

Oʻzbekiston fuqarolari ularga Rossiyaga kirish taʼqiqlangani tufayli mana shu tarzda chegarani kesib oʻtishga urinishgani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala