Jamiyat

Prezident maktablariga ingliz tilini yaxshi bilganlar qabul qilinadi

© Mejdunarodnыy press-klubSherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya
Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Farzandingiz Prezident maktabida oʻqishini istasangiz ingliz tilini oʻrgatishni boshlang – dedi Sherzod Shermatov.

TOSHKENT, 11 mar – Sputnik. Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov oʻzbekistonlik ota-onalarga “Farzandingiz Prezident maktabida oʻqishini istasangiz ingliz tilini oʻrgatishni boshlang”, deya maslahat berdi Facebookda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Nukus - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston har bir hududida prezident maktablari tashkil etiladi

“Prezident maktablarida qabul va taʼlim jarayoni Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti bilan hamkorlikda olib borilishini inobatga olib, ingliz tili oʻrganishning muhimligi haqida eslatib oʻtmoqchiman. Albatta, hali imtihonlarning qanday oʻtishi haqida maʼlumotlar mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgandan keyin batafsil eʼlon qilinadi. Ingliz tilini oʻrganishni esa hozirdan boshlash kerak. Maktabda asosiy fanlar xorijiy pedagoglar tomonidan ingliz tilida olib borilgani uchun ham oʻqish jarayonida ingliz tilini bilish juda zarur”,-  dedi Sherzod Shermatov.

Prezident maktablariga oʻquvchilar birinchi yilda 5-10-sinflarga qabul qilinishini inobatga olib, aynan shu oʻquv yilida ushbu maktablarga kirishga imkoniyat koʻproq boʻladi. Keyingi yillardan esa qabul faqat 5-sinfdan, deb qoʻshimcha qildi Shermatov.

V Nukuse nachalos stroitelstvo pervoy prezidentskoy shkolы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Nukus shahrida ilk prezident maktabini qurish ishlari boshlandi

Shuningdek, bu maktablarga kira olmagan taqdirda ham farzandingizning ingliz tilini bilishi uning kelajakda muvaffaqiyatga erishishiga jiddiy turtki boʻladi.

Dunyodagi 60 ga yaqin davlatlarda ingliz tili davlat tili hisoblanadi hamda eng koʻp oʻrganiladigan xorijiy til ham ingliz tilidir.

Sherzod Shermatov fikriga koʻra, yoshlar BMT tillaridan 2 tasini oʻrganishi uchun sharoit yaratilishi kerak. Maʼlumot uchun BMT 6 tili sifatida Ingliz, Xitoy, Ispan, Arab, Frantsuz va rus tillari hisoblanadi. Vazir, shuningdek ingliz tilini oʻrganishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan kengroq foydalanishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala