Qozogʻiston Oʻzbekistonga sputnik yaratishni taklif qilmoqda

© Press-slujba Roskosmosa / Fotobankka oʻtishRoskosmos predstavil pervыe fotografii rekordnogo vыxoda v otkrыtыy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova
Roskosmos predstavil pervыe fotografii rekordnogo vыxoda v otkrыtыy kosmos kosmonavtov A. Misurkina i A. Shkaplerova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu loyiha Markaziy Osiyoning beshta mamlakatidan har biriga qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa sektorlarini rivojlantirish uchun oʻz monitoringini olib borishga yordam beradi.

TOSHKENT, 16 mar - Sputnik. Qozogʻiston Markaziy Osiyo mamlakatlariga yerni masofaviy zondlash uchun beshta sputniklardan iborat guruhni tashkil etishni taklif qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti Qozogʻiston Bosh vazir oʻrinbosari Jenis Qosimbekka tayangan holda xabar qilmoqda.

Magistralnыy nefteprovod - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qozogʻiston Oʻzbekistonda neft quvuri qurishni rejalashtirmoqda

"Biz konkret regional loyihani taklif qilmoqdamiz, yaʼni, yerni masofaviy zondlash uchun beshta sputnikdan iborat guruhni tashkil etishni taklif qilmoqdamiz, bu guruhda har bir mamlakatga bittadan sputnik tegishli boʻladi", - dedi Qosimbek forumda chiqishi davomida.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlatidan har biriga qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va iqtisodiyotning boshqa sektorlarini rivojlantirish uchun oʻz monitoringini olib borishga imkon yaratadi.

"Kelajakda bu takliflarni tahlil qilish va oʻrganish uchun barcha mamlakatlarga yoʻllashga tayyormiz", - degan Qosimbek.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda juma kuni Markaziy Osiyoning beshta davlati hukumat delegatsiyalari ishtirokida birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi boʻlib oʻtgan edi.

Yangiliklar lentasi
0