Siyosat

Mirziyoyev Qozogʻiston yangi prezidenti bilan telefonda suhbatlashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin na sammite SHOS v Kitaye
Prezident RF V. Putin na sammite SHOS v Kitaye - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOSHKENT, 20 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida Oʻzbekiston rahbari Kasim-Jomart Tokayevni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgani munosabati bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. 

Qardosh mamlakatlar va xalqlar oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalari izchil mustahkamlanayotgani, strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichda rivojlanib, koʻp qirrali amaliy hamkorlik kengayib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Nursultan Nazarbayev i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Nazarboyev bilan telefonlashdi

Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilingan oʻtgan yilda tovar ayirboshlashning rekord koʻrsatkichlariga erishildi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi kooperatsiya loyihalari amalga oshirildi, ikki mamlakat biznesi va hududlari darajasidagi muloqot, jumladan, madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.

Muloqotda davlat rahbarlari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng miqyosda amalga oshirish muhim ekanini qayd etdilar.

Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot soʻngida davlat rahbarlari bahor ayyomi – Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro ishonch ruhidagi munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, qardosh mamlakatlar va xalqlar farovonligi, butun mintaqa tinchligi va ravnaqi yoʻlida keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirish borasida intilishlari qatʼiy ekanini tasdiqladilar.

Yangiliklar lentasi
0