Huawei o‘zining ilk “aqlli” ko‘zoynaklarini namoyish etdi

© techcrunchHuawei predstavili svoi pervie "umnie" ochki
Huawei predstavili svoi pervie umnie ochki  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘zoynakda hech qanday tugma yo‘q. Qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun shunchaki yon tomonga qo‘l tegizish kifoya qiladi.

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Huawei kompaniyasi o‘zining birinchi kameraga ega bo‘lmagan “aqlli” ko‘zoynaklarini namoyish etdi, deb xabar qilmoqda The Verge.

Ko‘zoynak gardishiga stereodinamiklar, mikrofon, akkumulyator va boshqa texnika joylashtirilgan, shuning uchun ular oddiy yoki quyosh nuridan saqlovchi ko‘zoynaklarga o‘xshaydi.

Sotoviy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoning eng yaxshi 20 ta smartfoni ma’lum qilindi

Eng qizig‘i shundaki, Huawei ko‘zoynaklari kameraga ega emas.

OAVlar xabariga ko‘ra, bu kompaniyaning maxfiylik bo‘yicha bahslardan qochish istagiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ko‘zoynak hech qanday tashqi tugmaga ega emas. Qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun shunchaki yon tomonga qo‘l tegizish kifoya qiladi.

Ko‘zoynaklar chang va namdan himoyalanadi. Shuningdek, ular g‘ilof va USB-C porti orqali quvvat olishi mumkin.

Ularning narxi hozircha ma’lum emas.

Yangiliklar lentasi
0