Jamiyat

Oʻzbekistonda Haj va Umra ziyorati uchun qoʻshimcha aviareyslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

© Flickr / hajj2006Lager palomnikov v Saudovskoy Aravii
Lager palomnikov v Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston
Umra ziyorati davrida din sohasida faoliyat yuritayotgan malakali xodimlar ziyoratchilarga guruh rahbari sifatida xamrohlik qilmoqda.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi tomonidan oʻtkazilgan davra suhbatida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda qoʻshimcha aviareyslar qatnovi yoʻlga qoʻyilayotganligi maʼlum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Musulmanskiye palomniki vo vremya yejegodnogo xadja v svyaщennыy gorod Mekka - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasida Haj shartnomasi imzolandi

Xabarda taʼkidlanishicha, Umra ziyorati davrida din sohasida faoliyat yuritayotgan malakali xodimlar ziyoratchilarga guruh rahbari sifatida xamrohlik qilmoqda. Ziyoratchilarga tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda, qulay sharoitga ega mehmonxonalar ajratilgan, fuqarolar 3 mahal issiq taomlar bilan taʼminlangan va Saudiya Arabistoni Qirolligida transport masalalari toʻliq hal etilgan.

Maʼlumot uchun, joriy yilda Respublika boʻyicha 16 ming fuqaro Umra ziyoratini amalga oshirgan boʻlib, Toshkent shahridan ziyoratga 2,5 mingdan ziyod fuqaro borib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala