Jamiyat

Aliment toʻlashdan bosh tovlagan erkak aeroportda qoʻlga olindi

Qarzdor  yashash joyidan topilmagach, 2018 yil 9 sentyabr kuni davlat ijrochisi unga nisbatan qidiruv eʼlon qilgan hamda qarzdor davlat ijrochisi tomonidan qoʻyilgan cheklovga asosan chet davlatga ishlash uchun chiqib ketayotgan vaqtida ushlangan.

TOSHKENT, 2 apr - Sputnik. Bir necha marotaba ogohlantirilganiga qaramasdan, farzandining moddiy taʼminoti uchun belgilangan aliment pullarini bir necha oylar davomida toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan erkak chet davlatga ishlash uchun ketayotgan vaqtda qoʻlga olindi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri MIB matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Pevitsa Ozoda Nursaidova  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MIB Ozoda Nursaidova yashagan uy devori nega buzilganiga oydinlik kiritdi

Taʼkidlanishicha, qarzdor E.Roʻziyevdan X.Asadovaga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun ish xaqi va boshqa unga tenglashtirilgan daromadlaridan 1/4 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisida sud ijro hujjati mavjud boʻlib, ijro harakatlari davrida, bir necha marotaba ogohlantirilganiga qaramasdan, qarzdor hech bir sababsiz farzandining moddiy taʼminoti uchun belgilangan aliment pullarini bir necha oylar davomida toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan.

Qarzdor  yashash joyidan topilmagach, 2018 yil 9 sentyabr kuni davlat ijrochisi unga nisbatan qidiruv eʼlon qilgan hamda qarzdor davlat ijrochisi tomonidan qoʻyilgan cheklovga asosan chet davlatga ishlash uchun chiqib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Shundan soʻng qarzdordan 7 mln. soʻm aliment pullari undirib berilishi taʼminlangan. Shu bilan bir qatorda olib borilgan huquqiy tushuntirishlardan soʻng erkak turmush oʻrtogʻi bilan yarashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala