Dunyoda

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi eng yaxshi “feyk xabar” uchun tanlov eʼlon qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishFlag SSHA na zdanii posolstva na Novinskom bulvare
Flag SSHA na zdanii posolstva na Novinskom bulvare - Sputnik Oʻzbekiston
Tanlov ishlarini baholash mezonlari va gʻolibga qanday sovgʻa topshirilishi maʼlum emas.

TOSHKENT, 2 apr - Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi “Rossiya aralashuvi” mavzusida eng yaxshi ishonchsiz xabar uchun tanlov eʼlon qildi. Bu haqda diplomatik vakolatxonaning rasmiy Twitter-akkauntida maʼlum qilindi.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite Gruppы dvadtsati v Gamburge - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Donald Trampning Rossiya bilan til biriktirgani oʻz isbotini topmadi

Tanlov AQSH maxsus prokurori Robert Myullerning goʻyoki 2016 yildagi Amerika prezidenti saylovlariga Rossiya aralashgani toʻgʻrisidagi ish yuzasidan taqdim etgan yakuniy hisobotidan soʻng eʼlon qilindi. Myuller ikki yil mobaynida Donald Tramp va uning xodimlari 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlashga urindi. Biroq, Donald Trapmning Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov hisobot yakunlarini “qorongʻu xonada qora mushukni topish juda qiyin, ayniqsa, u yerda yoʻq boʻlsa”, deya izohlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala