Sport

Odil Axmedov: Xitoy taomlariga oʻrgana olmayapman, uyda oʻzbekcha ovqatlar pishiramiz

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishFutbolist Odil Axmedov
Futbolist Odil Axmedov  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hozir Xitoyda toʻp surayotgan Odil Axmedov Rossiya premyer-ligasini iliq soʻzlar bilan esladi.

TOSHKENT, 4 apr – Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi kapitani Odil Axmedov “Izvestiya”ga bergan intervyusida Xitoy va Rossiyadagi hayoti va Futbol akademiyasi haqida soʻzlab berdi.

Odil Axmedov 2016 yilda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga oʻtgan edi. Undan oldin esa 6 yil Rossiya chempionatida "Krasnodar" va "Anji" jamoalarida toʻp surgan edi.

Igrok FK Krasnodar i sbornoy Uzbekistana Odil Axmedov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Odil Ahmedov: Rossiyada meni xuddi oʻzlarinikidek qabul qilishgan

Futbolchi aytishiga qaraganda, Xitoyda uni juda yaxshi kutib olishgan. Unga qulay boʻlishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. U xitoyliklarning dunyoqarashini 3 yilda tushuna boshlagan, lekin baʼzi narsalarga haligacha oʻrgana olmayotgan ekan.  

“Xitoy taomlariga haligacha oʻrgana olmayapman. Shu sababli oziq-ovqat mahsulotlarini Oʻzbekistondan olib kelaman. Uyda oʻzbekcha ovqatlar pishiramiz” , - deydi Axmedov.

Olti yil davomida toʻp surgan Rossiya chempionatini ham Odil Axmedov iliq soʻzlar bilan xotirladi.

“Rossiya chempionatida ham olti yil umrim oʻtdi. Bu vaqt mening xotiramda futbol karyeramdagi eng yorqin davr sifatida qoladi. Rossiya jamoalarida mening – Yevropa klublarida oʻynash orzuim ushaldi. Sizlarning futbol muxlislari juda zoʻr - ular har doim mening yonimda boʻlib, qoʻllab-quvvatlashga tayyor edi. Bu xotiralar juda qimmatli”, - dedi futbolchi.

Odil Axmedov v igre so sbrnoy Yujnoy Korei - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Odil Axmedov Namanganda futbol akademiyasi ochadi

Odil Axmedov aytishiga qaraganda, hozir ham Rossiya premyer ligasidan takliflarni jon deb koʻrib chiqqan boʻlardi. Futbolchi soʻzlariga koʻra, avvalgi davrlarga qaraganda  futbolchilar maoshi keskin oshgan.

Eslatib oʻtamiz, ikki yil oldin Axmedov oʻzi tugʻilib oʻsgan Namanganda Futbol akademiyasi ochgan edi. Yaqin orada ushbu maktab “Krasnodar” futbol maktabi bilan hamkorlik qilishni boshlaydi.

“Men uchun akademiyani sifatli rivojlantirish juda muhim. Kelajakda Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqishini va uning tarkibida maktabimiz tarbiyalanuvchilari boʻlishi istayman. Bu har qanday puladn ham qimmat turadi”, - dedi Odil Ahmedov.

Futbol akademiyasi ochish uning tashabbusi boʻlganini. Keyinchalik esa uni “Paxtakor” jamoasidan doʻstlari qoʻllab quvvatlaganini ham aytib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0