Shahobiddin Zoirov professional boksda debut jangini o‘tkazadi

© NOK Uzbekistana Shaxobiddin Zoirov
 Shaxobiddin Zoirov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda o‘zining debut jangini o‘tkazadi.

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov 5-aprel kuni  professional boksda o‘zining debut jangini o‘tkazadi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Uzbekskiy boksor Shaxram Giyasov - Sputnik O‘zbekiston
Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini amerikalikka qarshi o‘tkazadi

Xabarda qayd etilishicha, mazkur bahs BAAda tashkil qilinadi. Shahobiddin Zoirovning debut jangdagi indoneziyalik Entoni Xolt raqiblik qiladi. Xolt shu paytgacha 10 ta jang o‘tkazgan va ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, uning hisobida 4 mag‘lubiyat va 1 durang ham bor.

Vazn o‘lchash marosimi Shahobiddin Zoirovning vazni 54,88 kg, uning raqibi esa 54,38 kg vaznda ekanligi qayd etilgan.

MOQ Zoirov “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganini eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0