Iqtisod

Xitoyga qovun, anor, uzum, limon va boshqa mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Stanislav Korыtnikov / Fotobankka oʻtishDыni
Dыni - Sputnik Oʻzbekiston
Xitoy qonunchiligiga koʻra, xitoylik mutaxassislar qovun dalalarini obdon tekshiradi. Soʻngra tegishli hujjat imzolanadi va ushbu mahsulotlarni importiga ruxsat beriladi.

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Xitoyga qovun, anor, uzum, limon va boshqa mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilmoqda.

"Oʻzdavkarantin" inspektsiyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Pekin shahrida 22-23 aprel kunlari Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari E. Gʻaniyev, “Oʻzdavkarantin” inspektsiyasi boshligʻi I. Ergashev Xitoyning Bojxona maʼmuriyati boshligʻi Ni Yufen bilan fitosanitar talablar asosida qator mahsulotlar eksportini amalga oshirish borasida muzokara olib borgan. Muzokara chogʻida Xitoyga qovun eksportiga fitosanitariya ruxsatnomasini berish tartibi muhokama qilingan.

Mejdunrodnaya yarmarka ovoщey i fruktov v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasi rivojlantiriladi

Tomonlar Xitoy tomoni Inspektsiya tomonidan olingan texnik maʼlumotlarga asosan, zararkunanda xavfini tahlil qilish jarayoni yakunlanganini taʼkidladi. Xitoy qonunchiligiga koʻra, xitoylik mutaxassislar qovun dalalarini obdon tekshiradi. Yakunda tegishli hujjat imzolanadi va ushbu mahsulotlarni importiga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, 2019-2020 yillarga moʻljallangan idoralararo hamkorlik dasturi loyihasi koʻrib chiqildi. Ikki yillik muddatni oʻz ichiga olgan mazkur hujjatda Oʻzbekistondan Xitoyga qovun, anor, uzum, limon va boshqa mahsulotlar eksporti masalasi koʻzda tutilgan. Ushbu hujjat joriy yilning may oyida xitoylik mutaxassislarning Toshkent shahriga tashrifi doirasida imzolanishi mumkin.

Shuningdek, uchrashuvda oʻsimliklar karantini tizimida soha xodimlarining malakasini hamkorlikda oshirish singari masalalar ham muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala