May boshida MDH davlatlari necha kundan dam oldi?

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishOtdix gorojan v parkax Moskvi
Otdix gorojan v parkax Moskvi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Moldova fuqarolari may bayramlarida 8 kundan ortiq dam olishgan, boshqa MDH mamlakatlari kamroq.

TOShKENT, 12-maya - Sputnik. Ushbu yilda Rossiya fuqarolari MDHning boshqa fuqarolariga nisbatan ko‘proq dam olishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiyaliklar 1-5 may va 9-12 may kunlari dam olishdi. Dam olish kunlarining umumiy soni ikki bosqichda 9 kunni tashkil qildi. Undan 4 kuni (4,5 va 11-12 may) shanba yakshanba bo‘lsa, qolgan 5 kuni bayram kunlari bo‘ldi.

Salyut v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
To‘qqizinchi may kechasi Toshkentda bayram salyuti otiladi

Bu yil bayram kunlari soni ko‘p bo‘lishiga Yangi yil bayrami hamda 23-fevral bayramlaridagi dam olish kunlarini qisman may oyiga ko‘chirilishi sabab bo‘ldi. Shunday yo‘l bilan hukumat,  aholini qishda uyda dam olishga emas bahorda tabiat qo‘ynida ko‘proq vaqt o‘tkazishi uchun sharoit yaratdi, deyishmoqda mutaxassislar.

Dam olish kunlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda – Moldova bo‘ldi. Ushbu mamlakat fuqarolari may boshida jami 8 kun dam olishdi.

Qozog‘istonda dam olish kunlari soni 7ta bo‘ldi. Undan bayram kunlari 3ta va dam olish kunlari 4ta bo‘ldi: 1, 5, 7 va 9 - 12-may kunlari.

Belorusda 6 kun dam olishdi: 1-may va 5 - 9-may kunlari.

Qirg‘izistonda dam olish kunlari soni 5 kun bo‘ldi. Ushbu mamlakat fuqarolari 1, 4,5,6 va 9-may kunlari ishga chiqishmadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev veteranlar va front faxriylari o‘tirgan dasturxonlarni aylanib, nuroniylarning har birini bag‘riga bosib, ularni shaxsan tabriklab chiqdi. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 9-may kuni qanday nishonlandi - eng yorqin foto-suratlar

Tojikiston va Armaniston hukumatlari ushbu yil may boshida faqat 2 kunni dam olish kunlari deb e’lon qilishdi – 1 va 9-mayni.

Ozarbayjon va O‘zbekistonda esa rasmiy dam olish kuni deb faqat - 9-may e’lon qilindi.

MDH tarkibidan chiqqan Ukraina va Gruziyada ham may bayramlari bo‘lib o‘tdi. Ukrainada - 27-apreldan 1-maygacha va 9-may kuni dam olish kunlari bo‘ldi.

Gruziyada dam olish kuni faqat bir kun - 9-may bo‘ldi.

Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiy nazariya instituti mutaxassisi Irina Komarova aytishiga qaraganda, may oyida dam olin kunlari soni ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, yil davomida Rossiyaliklar dam olish kunlari umumiy soni boshqa MDH davlatlari bilan deyarli bir xil.

Yangiliklar lentasi
0