Moskva va Toshkent HTH sohasida qator bitimlar imzoladi

© Sputnik / Aleksey DrujininVo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov
Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Oʻzbekiston Hukumatlararo komissiyasining keyingi yigʻilishi Rossiyada 2020 yilda oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 25 may — Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston harbiy-texnik hamkorlik sohasida bir nechta bitimlar imzoladi.

Spetsnaz Uzbekistana vpervыe na ucheniyax v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbek armiyasiga Pentagon tajribasi nega kerak boʻlmasligi haqida

Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati xabariga koʻra, hujjatlar Rossiya-Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasining harbiy-texnik hamkorlik boʻyicha yigʻilishi yakunida imzolangan. Samarqanddagi yigʻilish HTH boʻyicha Federal xizmat direktori Dmitriy Shugayev va Oʻzbekiston mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi raisi Atabek Ibadullayev raisligida oʻtkazildi.

Tomonlar kelajakda harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga ikkiyoqlama manfaatdorlikni tasdiqladilar va erishilgan kelishuvlar boʻyicha aniq rejalarni belgilab oldilar, deyiladi xabarda.

"Yigʻilish yakunida bayonnoma imzolandi, 2016 yilgi kelishuv doirasida qator shartnomalar tuzildi", - deb koʻrsatilgan idora saytida.

Rossiya va Oʻzbekiston Hukumatlararo komissiyasining keyingi yigʻilishi Rossiyada 2020 yilda oʻtkaziladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala