Jamiyat

Aholiga ish topib berish borasida ishlarimiz qoniqarsiz – Kudbiyev

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev
Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Norasmiy bandlik orasida qariyb 2,5 mlnga yaqin fuqarolar doimiy ravishda chet elda faoliyat yuritishadi – Sherzod Kudbiyev.

TOSHKENT, 4 iyun – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev bugun Milliy matbuot markazida oʻtkazilgan matbuot anjumani davomida Oʻzbekistonda norasmiy band boʻlgan fuqarolarning 2,5 millionga yaqinini doimiy ravishda chet elda faoliyat yuritishini aytib oʻtdi.

Natsionalnoye Reytingovoye agentstvo - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda qaysi kasb egalari eng koʻp oylik olishlari maʼlum boʻldi

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

"Oʻzbekistonda yetarli ish oʻrinlarini yaratib bera olmaganimiz, fuqarolarimizga sharoit qilib bera olmaganligimiz uchun bunday holat yuzaga kelishida biz, yaʼni bandlik vazirligi aybdormiz. Qoʻlimizda shuncha imkoniyatlar boʻla turib, fuqarolarimizga ularning ijtimoiy muhofazasi, bandligini taʼminlash, mehnat bozorida talab etiladigan kasblar boʻyicha qayta tayyorlab, ish topib berish nuqtai-nazaridan ishlarimiz qoniqarsiz, deb oʻylayman", - dedi Kudbiyev.

Vazir soʻzlariga koʻra, bandlik organlari yetarli darajada fuqarolarga xizmat koʻrsata olmagani oqibatida ishsizlik darajasi deyarli 9,3 foizga yetgan.

"Eng yomoni ish beruvchilarni qanoat hosil qilmaganlik sindromi - yaʼni 1,5 mlnga yaqin ishsizlarimiz bor, aniq raqami - 1,391 ming, lekin shu bilan birga 150 mingga yaqin oʻrtacha oylik toʻlaydigan vakansiyalarni band qilish uchun rezyume topib bera olmayapmiz. Oddiy mutaxassisliklar - IT-mutaxassislari, veterenar, tikuvchi, traktorchi yaʼni mexanizatorchilar yetishmayapti. Mana bugʻdoy yigʻim-terimi boshlanmoqda, lekin zamonaviy traktorlarni haydaydigan mutaxassis mexanizatorchilar yetishmayapti", - deb qoʻshimcha qildi vazir.

Yangiliklar lentasi
0